Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 6X xususiyatlarini uning qadog‘i «fosh etdi»

  •   DiMaX
  •  1308
  •  23.04.2018 12:37

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 6X xususiyatlarini uning qadog‘i «fosh etdi»

Xiaomi kompaniyasining 25 aprelda rasman taqdim etiladigan Mi 6X smartfoni to‘g‘risida, uning asosiy xususiyatlari haqida xabarlar e’lon qilganmiz. Xitoylik insayderlar esa ushbu gadjet qadog‘ining fotosuratini internetga chiqarib yuborishdi.

O‘QING: Mi 6X olgan ilk suratlar rasman e’lon qilindi

Qutidagi yozuvlarga qarab, Mi 6X qanday jihatlarga ega ekanligi borasida aniqroq ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, avval tarqalgan mish-mishlarda uning yakka kristalli Snapdragon 626 yoki Helio P60 tizimlaridan biri bilan ta’minlanishi aytilgan edi. Ammo qadog‘ida ko‘rsatilishicha, bu smartfon Qualcomm Snapdragon 660 protsessori bazasida ishlar ekan.

Shuningdek, Mi 6X old kamerasi hamda qo‘shaloq asosiy kamera modullaridan bittasi ham 20 megapikselli bo‘ladi.

Bulardan tashqari, qadoqdagi yozuvlarga ko‘ra, Xiaomi bu devaysida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishidan voz kechgan. Shuningdek, ovoz kuchaytiruvchi tashqi qurilmalarga ham tovush USB Type-C porti orqali uzatiladi.

Xiaomi Mi 6X smartfoni 25 aprelda Xitoyda taqdim qilinadi. Uning 238 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda. Kompaniyaning shu paytgacha bozorga taqdim etilgan boshqa ko‘plab rusumlardagi telefonlarini O‘zbekistonda ham xarid qilish mumkin.

O‘QING: Toshkentda Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 18 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.