Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!

  •   DiMaX
  •  5444
  •  15.11.2019 10:43

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!

«Xitoycha Apple» o‘zining alohida turkumidagi Xiaomi Mi Mix Alpha konseptual 5G-smartfonini namoyish etgan. Garchi rasman savdosi boshlanmagan bo‘lsa-da, korpusi salkam butunlay ekrandan iborat bo‘lgan ushbu devaysni allaqachon naq 140 ming dollardan taklif qilishyapti ham.

O‘QING: RASMIY VIDEO: Xiaomi Mi Mix Alpha’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Endi esa Xiaomi navbat bo‘yicha seriyali tarzda Mi Mix 4 smartfoni chiqarishi kutilmoqda. Biz avvalroq, hali Mi Mix Alpha ham namoyish etilmasidan avval ekrani yoqiq holda ishlatib ko‘rsatilgan Mi Mix 4 videosini ko‘rsatganmiz. Shuningdek, uni ishlatishayotganida olingan «jonli» rasmi, ekranosti selfi-kamerasi, narxi va boshqa jihatlari haqidagi yangi ma’lumotlarni ham e’lon qilganmiz

Kompaniya hali Xiaomi Mi Mix 4 flagmanining rasmiy namoyishini o‘tkazmasdan turib, JD.com onlayn savdo maydonchasida uni sota boshlashdi! Aniqrog‘i, ayrim sotuvchilar uning uchun oldindan buyurtma qabul qilishmoqda, ammo rasmini ham ko‘rsatishmagan, xususiyatlarini ham, narxini ham qat’iy qayd etishmagan.

MyDrivers resursining tadqiqotlari ko‘rsatishicha, mazkur takliflarning barchasi qanaqadir chet do‘konlarga eltadi. Ko‘rsatilgan narxlar esa 1 424 dollardan to 2 848 dollargacha bo‘lib, buyam aniq emasligi, rasmiy taqdimotdan so‘ng xarid shartlari o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlangan. Lekin, Mi Mix Alpha uchun naq 140 ming dollar so‘ralayotganida, Mi Mix 4 borasida sotuvchilar sal insof qilishgan ko‘rinadi.

Nima bo‘lganda ham, bularning barchasi Xiaomi Mi Mix 4 namoyishi yaqin ekanligidan dalolat beradi. Kompaniyaning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim smartfonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Uchinchi chorak yakunlari: Xiaomi top uchtalikda emas

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!