Hali taqdim qilinmagan iPhone XI va iPhone XI Max uchun allaqachon himoya g‘ilofi sotuvga chiqarildi!

Hali taqdim qilinmagan iPhone XI va iPhone XI Max uchun allaqachon himoya g‘ilofi sotuvga chiqarildi!

Apple kompaniyasi sentyabr oyida o‘zining navbatdagi avlod flagmanlarini namoyish qilishi, ular iPhone XI va iPhone XI Max deb nomlanishi va ularning xususiyatlari haqida avval ham yozgan edik. Taqdimot yaqinlashayotgan bir vaqtda, allaqachon yangi smartfonlarning himoya g‘ilofi sotuvga chiqib ulgurdi.

Giztop internet-do‘konida ikki xil o‘lchamdagi himoya g‘ilofi sotuvga qo‘yilgan. Ular “iPhone XI uchun Zeaplus Shield himoya g‘ilofi” va “iPhone XI Max uchun Zeaplus Shield himoya g‘ilofi” deya nomlangan va har ikkisi 7,99 dollardan baholangan.

Apple iPhone XI 2019 Case

Mahsulot rasmidan ko‘rish mumkinki, smartfon orqa paneli yuqori chap burchagida kvadrat qirqim joylashgan. Kurpusning chap yonidan esa ovoz sozlash tugmachalari, o‘ng yonida yoqib-o‘chirish tugmachasi joy oladi. Pastki qismda quvvatlash tirqishi mavjud.

чехол для iPhone XI Max 2019

Shunday qilib, korpus qopqog‘i smartfon kamerasi va fotochaqnoq kvadrat modulga joylashishini aytib turibdi. Ikkala smartfon ham bir hil dizaynda bo‘lishi kutilmoqda. iPhone’larning ayni damdagi avlodi ikkitalik kameraga ega bo‘lganini hisobga olsak, yangi taqdim qilinadigan smartfonlarga yana bir datchik qo‘shilishi turgan gap. Kamera korpusi dizayni kvadrat bo‘lishi sababi ham shunda.

iPhone XI avvalgi ajdodi singari 5,8 dyumlik displeyga ega bo‘lishi mumkin. Tahmin qilinishicha iPhone XI va undan keyin taqdim qilinuvchi qurilmalarning romlari yanada yupqalashadi va yuzni identifikatsiya qilish uchun yangi murakkab datchiklar qo‘shiladi. Yangi smartfonlar bir-biriga texnik xususiyatlar bo‘yicha juda o‘xshash bo‘lishi, faqatgina iPhone XI Max kattaroq displeyga va quvvatliroq batareyaga ega bo‘lishi va sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha bozorga taqdim etilgan turli rusumlardagi iPhone’larni Terashop.uz internet-do‘konimizda 2 999 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Sentyabrda chiqadigan iPhone XI Max’ni ilk suratlar va videoda har tomonlama ko‘ramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.