Hamma kutayotgan iPhone SE 2 boshqacha nom bilan chiqadi! Tag‘in narxiyam...

  •   DiMaX
  •  4593
  •  07.12.2019 12:02

Hamma kutayotgan iPhone SE 2 boshqacha nom bilan chiqadi! Tag‘in narxiyam...

Apple keyingi yil tarixdagi eng yirik hamda o‘ta ixcham iPhone’larni chiqarishi ma’lum, ular orasida iPhone SE 2 modeli ham bor. 2021 yilga esa kupertinolikning smartfonlar borasidagi rejalari yanada o‘zgacha...

O‘QING: Apple kelasi yil besh xil yangi ayfon, so‘ng esa «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus taqdim etadi!

Ta’kidlash kerakki, 2016 yili taqdim etilgan iPhone SE ixcham smartfonining davomchisini dunyo bo‘ylab millionlab Apple ixlosmandlari kutishmoqda. MacOtakara nashrining yozishicha, bu qurilma 2020 yilning mart oyida namoyish qilinadi, biroq iPhone SE 2 deb nomlanmaydi. Kupertinolik korporatsiya uni iPhone 8 (sotib olish) modelining davomchisi sifatida, iPhone 9 nomi ostida chiqaradi.

Mazkur ayfonda eng yangi – Apple A13 Bionic protsessori hamda 3 gigabaytlik tezkor xotira qo‘llanadi, tashqi ko‘rinishidan esa u iPhone 8 form-faktorini saqlab qoladi. Diagonaliga 4,7 dyuymlik ekranining atroflari sezilarli romga ega, ostida esa Touch ID integratsiyalashgan «Uyga» tugmachasi ham bo‘ladi. Original iPhone SE modelidagi singari, bu qurilmada ham ekranga barmoqning bosish kuchiga qarab funksiyalarni belgilovchi 3D Touch texnologiyasi qo‘llanmaydi.

Avval tahlilchilar iPhone SE 2 narxi 399 dollar atrofida bo‘lishini aytishayotgan edi, MacOtakara esa boshqacha ma’lumot beryapti. Unga ko‘ra, iPhone 9 narxi ham hozirgi iPhone 8 darajasida – 449-499 dollar yoki shundan salgina arzonroq bo‘ladi. Hozirgacha jahon bozoriga chiqqan ayrim ayfonlarni esa 3 760 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Sony hali chiqmagan iPhone SE 2’ga raqobatchi smartfon tayyorlayapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!