Hammasi sayohat uchun: oflayn-kartalar va yana 5 ta juda kerak bo‘ladigan ilova

  •   Saroy
  •  1560
  •  10.09.2018 15:01

Hammasi sayohat uchun: oflayn-kartalar va yana 5 ta juda kerak bo‘ladigan ilova

Sayohat uchun nima kerak: buyumlar, hujjatlar va albatta, smartfon. Gadjet yordamida safarda juda ko‘p muammolar va masalalarni hal etishingiz mumkin.

Boshpana top va yangi do‘st ham orttir — Couchsurfing Travel App

Couchsurfing sizga dunyoning istalgan joyida tekin boshpana topishga yordam beradi. Kauchserfing – yashash uchun sarf-harajatlarni tejashni juda xohlovchi sayohatchilarning mashhur harakati. Albatta, bepul yashashning o‘ziga yarasha murakkabliklari ham bor. Ammo Couchsurfing Travel App ilovasi bu borada hayotingizni yengillashtiradi.

Ilovada ro‘yxatdan o‘ting va hamma yoqqa so‘rov jo‘nating. Avval boshda  profilingizni to‘ldiring va odamlarga faqat ko‘chirib olingan qisqacha matnni emas,  ozmi-ko‘pmi “shaxsiy” ma’lumotlarni ham jo‘nating. O‘zingiz haqingizda, safar davomidagi rejalaringiz haqida aytib bering.

Shahar qancha kichik bo‘lsa, shuncha kam ijobiy javob olasiz. Hafa bo‘lmaslik uchun hayolingizda mehmonxonalardan iqtisod qilingan pullar borasidaigi raqamlarni bo‘lsin. Mehmonxona xo‘jayini haqida ham surishtiring. «Kauchserfing» – quloqqa zo‘r eshitiladi, ammo, shunday ham bo‘ladiki, sizga boshpana bergan kishi unchalik yaxshi odam bo‘lib chiqmasligi mumkin. Nima bo‘lganda ham cho‘ntagingizning qurbi yetadigan mehmonxonaning manzili yoningizda yursin. 

Nimasi yaxshi? Tekin boshpana, dunyoning har chekkasidan yangi tanishlar, boshqa mamlakat odamlarining hayotini yaqinroq bilish. Kauchserfing yordamida birgalikda sayohat qiladigan hamroh ham topishingiz mumkin. Bularning barchasi foydadan holi bo‘lmaydi. Esingizda bo‘lsin, barcha qulayliklari bor mehmonxonalar alohida to‘lovlarni talab qiladi, siz esa tejamkorlikni ma’qul ko‘rgansiz.

Qayerga borishingizni aytadi, — AroundMe

Tez-tez uchraydigan holat: Siz yangi shaharga keldingiz, lekin avvaldan dastur qilib olmagansiz. Qorin och, qayerda tamaddi qilishni, o‘ynab-qulishni va umuman hojatxona qayerdaligini ham bilmaysiz. Bunda AroundMe sizga juda kerak, ayniqsa begona shaharga borib qolganingizda.

Ilova atrofingizda nimalar borligini o‘rganishni taklif etadi: kafe, apteka, barlar, AYoQSh, kino va shunga o‘xshash joylar — atigi  18 ta toifa. AroundMe sizga nafaqat turgan joyingiz haqida, balki bu yerda ish qachon boshlanishi va qachon tugashi, aloqalar, ayrim yemakxonalar haqida maslahatlar, hatto u yerdagi minyu haqida ham ma’lumot bera oladi.  «Yaqinroqda» toifasi atrofingizdagi diqqatga sazovor joylar haqida so‘zlab beradi.

Nimasi yaxshi? Hozir turgan joyingizdagi va siz qidirgan joydagi yemakxonalarni ko‘rsatadi. U joyga borish yo‘lini ko‘rsatadi, albatta shu zahotiyoq GoogleMaps yoki Citymapper ga kirish imkoniyati bilan. Shuningdek, ob-havodan ham xabardor bo‘lishni taklif etadi.

Qanday transportda borgan ma’qul, bunga  — Citymapper javob beradi

Dam olish uchun qayerga borishni aniqlab oldingizmi, unda qarshingizda bitta masala ko‘ndalang turadi – qanday trasportda borish. Bu borada eng to‘g‘ri masalahatni hammadan tez Citymapper ayta oladi: velosipeddami, jamoat transportidami yoki taksidami (narxini ham aytadi), u barcha variantni sizga ko‘rsatadi, faqat tanlash sizdan. Marshrutni yaqqol ko‘rsatadigan oddiy va tushinarli interfeysga ega. Shahardagi temiryo‘l va metro yo‘nalishlari xaritasini ham yuklashga moslashtirilgan. Marshrutlarni saqlab qolish va manzilni qo‘shib qo‘yish imkoni ham mavjud.

Nimasi yaxshiMahalliy velosiped ishqibozlari uchun velostansiyani, undagi joy sonini va qancha velosiped borligini ko‘rsatadi. Jamoat transportining jo‘nash vaqtini onlayn rejimida ko‘rsatadi, taksilar uchun esa mashinaning kelish vaqtini, marshrutni tanlaganingizda, transportni qancha kutish mumkinligini shu zahotiyoq namoyon etadi.

Adashib qolishingizga yo‘l qo‘ymaydi — MAPS.ME oflayn-kartasi

Sayohatchi uchun eng zarur bo‘lgan matoh, bu  oflayn-kartadir. U nafaqat roumingdagi qimmatli gigabaytlarni iqtisod qiladi, balki, u yerda agar tarmoq bo‘lmasa, sizni qutqaradi. Piyoda, velosipedda yoki avtomobilda borish uchun  tushinarli navigatsiya. Xaritada barcha ikir-chikirlar hisobga olingan bo‘lib, qidirgan uyning oldidan payqamay o‘tib ketishingizga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shu yerda ilovadan chiqmay turib Booking.com’ni ochsangiz ham bo‘ladi. Unda  bron qilsa bo‘ladigan mehmonxonalar bor.

Nimasi yaxshi? Eng asosiysi  – oflayn ishlaydi. Kamiga yana bir qancha qo‘shimcha funksiyalar. Piyoda va velosiped marshrutlarida tog‘lardagi baland-pastlikni, tog‘ yon bag‘irlarini ko‘rsatadi. O‘zining turgan joyi haqidagi ma’lumotlarni messenjer orqali baham ko‘radi. Joylarni qidiradi va unga bo‘lgan marshrutni tuzib chiqadi. U yerdagi avtomobil tiqini haqida ham xabar beradi.

Internetga kirmoqchimisiz — WIFI Map

Internetda sayohat qilish — serharajat ish, lekin usiz bo‘lmaydi ham. Bu muammoni WIFI yordamida hal etsa bo‘ladi, ammo u ochiqmikan..?  Bunday paytda  WIFI Map yordam beradi, chunki u kerakli login va parolni qachon va qayerda kiritish kerakligini aytadiUshbu ilova foydalanuvchilari sababli WIFI Map bazasi borgan sari kengayib bormoqda. Chunki u zarur bo‘lganda yaqin oradagi  WIFI  nuqtasini topishga va internetga kirishga yordam beradi.

Nimasi yaxshi? WIFI Map — bu, internetga kirish nuqtalari haqida doimiy ravishda yangilanib boriladigan xarita. Sizda  login va parol bo‘lsa, albatta.

Til endi to‘siq bo‘la olmaydi — Google Tarjimon

Eng ommabop tarjimon. 103 ta tilni biladi. Dasturchilarning doimiy sa’y-harakati tufayli yuqori sifat bilan tarjima qiladi va bundan tashqari juda ko‘p miqdorda qo‘shimcha muhim funksiyalarga ega.

Agar internet bo‘lsa, og‘zaki suhbatni ham tarjima qila oladi. Kamera yordamida – yozuvni o‘qish mumkin.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.