Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

  •   DiMaX
  •  3254
  •  06.01.2021 18:35

Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

AnTuTu jamoasining eng qudratli flagmanlar bo‘yicha o‘tgan yilning so‘nggi oyi reytingini chiqargan edik. Endi esa ushbu davrning o‘rta narxli o‘nta smartfoni bilan tanishamiz.

O‘QING: 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni

Noyabr oyidagi reyting lideri – Redmi 10X flagmani bu gal ham taxtdan tushgani yo‘q. MediaTek Dimensity 820 platformasi asosida ishlovchi qurilma bu gal 400 742 ball bilan birinchi o‘rinda turibdi.

Xuddi eng zo‘r flagmanlar ro‘yxatidagi kabi, hamyonbop smartfonlarning kuchli o‘ntaligida ham yetakchi Xiaomi vakili bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Huawei telefonlari egallagan. Nova 7 Pro hamda Nova 7 modellari (ikkalasi ham Kirin 985 chipli) tegishlicha 399 883 va 398 308 ball olgan.

Kuchli o‘nlikning keyingi pog‘onalaridan tegishlicha Redmi 10X Pro 5G, Honor 30, Honor X10, Huawei Nova 7 SE, Redmi Note 9 Pro 5G, OPPO Reno 5 5G hamda Realme Q2 Pro 5G modellari o‘rin olgan.

Ta’kidlash kerakki, ushbu reyting 2020 yilning 1 dan to 31 dekabrigacha bo‘lgan muddatda AnTuTu benchmarkida 1000 martadan oshiq tekshirilgan smartfonlarning natijalari asosida tuzilgan. Bunda har bir modelning eng yuqori natijasi emas, balki barcha tekshiruvlarda olgan ballarining o‘rtacha ko‘rsatkichi olingan.

O‘rta narxli eng tezkor smartfonlar o‘ntaligida g‘oliblik shohsupasidan tashqari yana ikkita o‘rin Redmi vakillariga nasib etgan. Ro‘yxatning naq yarmini Huawei hamda yaqindagina undan ajralib chiqqan Honor brendi smartfonlari egallab olgan. Oxirgi ikkita pog‘onada Oppo korporsiyasiga va uning Realme subbrendiga qarashli telefonlar turibdi.

O‘QING: Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.