Hamyonbop Galaxy A10e smartfoni ilk suratlarda

  •   DiMaX
  •  2469
  •  23.05.2019 09:02

Hamyonbop Galaxy A10e smartfoni ilk suratlarda

Ayni damda Samsung kompaniyasining Galaxy A turkumida eng arzon model Galaxy A10 bo‘lib turibdi. Lekin janubiy koreyalik gigant Galaxy A10e rusumli yana bir smartfonni yaqinda Wi-Fi sertifikatsiyasidan o‘tkazgan.

O‘QING: Yanada arzon Galaxy A10e smartfoni ham allaqachon tayyor!

Endi esa g‘ilofsoz kompaniya Samsung Galaxy A10e modelining shaffof silikon g‘ilofdagi suratlarini tarqatdi.

Ko‘rib turganingizdek, ekranning o‘qori qismi o‘rtasida selfi-kamera uchun tomchisimon kemtik mavjud.

O‘QING: «O‘nta qo‘y nima bo‘ladi!?» – Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti

Galaxy A10e bosh kamerasi ham yakka modulli bo‘lib, orqa panelning yuqori chap burchagiga o‘rnatilgan.

Korpusning yon qirralarida, an’anaviy tarzda ovozni sozlash va smartfonni o‘chirib-yoqish tugmachalari mavjud.

O‘QING: Samsung Galaxy A50 tavsifi: yutuqlari va kamchiliklari

Yangi devays tashqi ko‘rinishi jihatidan Samsung Galaxy A10 (Sotib olish) modelidan farq qilmaydi.

Lekin Galaxy A10e modelida ikki diapazonli Wi-Fi moduli bo‘ladi, buning uchun esa yangi protsessor qo‘llanishi tabiiy.

O‘QING: Ideal smartfon: Galaxy M40 yana bir flagmancha xususiyatga ega, ammo narxi...

Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

Galaxy A10e qachon taqdim etilishi hozircha aniq emas. Samsung kompaniyasining ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!