Hamyonbop Galaxy A12 allaqachon Geekbench’da test topshirib, Samsung saytiga ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1805
  •  19.11.2020 10:40

Hamyonbop Galaxy A12 allaqachon Geekbench’da test topshirib, Samsung saytiga ham chiqdi!

Samsung kompaniyasi o‘rta narx doirasidagi Galaxy A12 smartfonini tayyorlayotgani haqidagi ilk ma’lumotlar yozdayoq tarqala boshlagan bo‘lsa-da, uni haliyam ko‘rsatishmadi. Lekin, kasalni yashirsa isitmasi oshkor etganidek, bu telefon haqida ham aniq ma’lumotlar chiqib kelmoqda.

O‘QING: Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Jumladan, yaqinda Geekbench servisida Samsung Galaxy A12 smartfonini tekshirib ko‘rishganligi ma’lum bo‘lgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan axborotlarga ko‘ra, uning model raqami SM-A125F bo‘lib, quyidagicha samaradorlik ko‘rsatgan:

Android 10 tizimiga ega bo‘lgan Galaxy A12 smartfoni sakkiz yadroli protsessor bazasiga qurilgan; insayderlarning ta’kidlashlaricha, bu – MediaTek Helio P35 chipsetidir.

O‘QING: Samsung besh yil avvalgi to‘rt xil smartfonini ham yangilayapti – sababi jiddiy!

Bundan tashqari, Samsung kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy sayti texnik qo‘llab-quvvatlash sahifasida ham Galaxy A12 paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, mazkur mamlakatda bu smartfon SM-A125F/DSN model raqami ostida chiqariladi:

Galaxy A12 texnik xususiyatlarini, garchi Samsung o‘zi ma’lum qilmasa-da, insayderlar allaqachon aytishgan. Kompaniya uni 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor xotira, 64 gigabaytlik ichki xotira bilan taklif etadi. Bu hamyonbop smartfon uchtalik bosh kamera va NFC moduli bilan ham ta’minlanadi.

O‘QING: Snapdragon 875'li Galaxy S21 Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.