Hamyonbop Galaxy A20 ham taqdim qilindi: qo‘sh kamera va ulkan batareya!

  •   DiMaX
  •  10344
  •  18.03.2019 18:18

Hamyonbop Galaxy A20 ham taqdim qilindi: qo‘sh kamera va ulkan batareya!

Samsung kompaniyasi o‘rta narx toifasidagi Galaxy A turkumining eng arzon vakilini namoyish qildi. Galaxy A20 rusumli mazkur qurilma ilk bor Rossiyada taqdim etildi.

O‘QING: Samsung’ning boshi qotgan: Galaxy S10’larda yana ikkita muammo aniqlandi!

Galaxy A20 smartfoni Samsung’ning o‘z ishlanmasi – Exynos 7885 protsessori bazasida ishlaydi. Samaradorlikni ta’minlashda bu chipga 3 gigabaytlik tezkor xotira ko‘makdosh bo‘ladi. Qurilmaning doimiy xotirasi hajmi 32 gigabaytga teng, shuningdek, unga 512 GBgacha hajmli microSD xotira kartasi qo‘ysa bo‘ladi.

Garchi mazkur turkumdagi eng arzon model bo‘lsa-da, ekranining o‘lchami bo‘yicha u avvalroq taqdim etilgan «og‘a»lari – Galaxy A50 hamda A30’lardan qolishmaydi. Diagonaliga 6,4 dyuymlik, tomchisimon «kemtik»li, Super AMOLED matritsali displeyning tasvir aniqligi 720x1560 pikselni tashkil etadi. Korpusining o‘lchami esa 158,4x74,7x7,8 millimetrga teng.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A40 smartfonini sifatli va «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Galaxy A20 modelining bosh kamerasi qo‘shaloq – 13 hamda 5 megapiksellik sensorlardan iborat, selfilar uchun esa 8 megapiksellik kamera ajratilgan. Ushbu gadjetning afzal jihatlaridan biri naq 4000 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lsa, yana biri – kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipiga ega ekanligidir. Shuningdek, bu modelda standart 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda orqa korpusida barmoq izi skaneri ham bor.

Samsung mazkur smartfonini Rossiyada 13 990 rubldan sotuvga chiqargan, bu esa taxminan 218 AQSh dollariga teng qiymatdir. Kompaniyaning jahon bozoriga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini, jumladan, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ flagmanlarini ham allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!