Hamyonbop Galaxy A40 smartfonini sifatli va «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  5155
  •  16.03.2019 11:01

Hamyonbop Galaxy A40 smartfonini sifatli va «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Samsung kompaniyasining inglizcha rasmiy saytida Galaxy A20e, Galaxy A40 hamda Galaxy A90 modellari haqida sahifalar paydo bo‘lgani haqida yaqinda ma’lumot bergandik. Endi esa shulardan birining render surati ham internetga chiqdi.

O‘QING: Galaxy A40 kutilganidan arzonroq chiqyapti, xususiyatlari bilan tanishing

TrendingLeaks resursi hali taqdim etilmagan Samsung Galaxy A40 modelining rasmini e’lon qildi. Ammo bu rasmiy foto emas, balki «sizib chiqqan» ma’lumotlar asosida tayyorlangan konseptual render suratdir. Shunga qaramasdan, bu rasm ushbu modelning tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumot bera oladi.

Suratga ko‘ra, Samsung Galaxy A40 uch modulli bosh kameraga, shuningdek, romsiz ekrandagi tomchisimon «kemtik»ka joylangan selfi-kameraga ega. Bundan tashqari, ma’lumot manbasi ushbu modelning 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega ekanini ham tasdiqlagan.

O‘QING: Samsung’ning hamyonbop Galaxy A2 Core smartfoni bilan ilk tanishuv!

FCC ma’lumotlar bazasida aks ettirilishicha, Samsung Galaxy A40 diagonaliga 5,7 dyuymlik ekran bilan jihozlangan. Exynos 7904 chipi bazasida ishlovchi mazkur devays Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini bilan taqdim etiladi.

Mana bu rasmda esa Samsung Galaxy A40 modelining orqa tomoni «jonli» aks ettirilgan:

To‘g‘ri, hozircha Galaxy A40’ning namoyish sanasi ham ma’lum emas. Biroq global bozorga taqdim etilgan turli modellardagi Samsung telefonlarini allaqachon 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud. Bundan tashqari, mazkur internet-do‘kondan tovar xarid qilsangiz, shu kunlarda amalda bo‘lgan «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.