Hamyonbop Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A20 smartfonlari ilk «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  6096
  •  19.02.2019 09:01

Hamyonbop Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A20 smartfonlari ilk «jonli» suratlarda!

Janubiy koreyalik yetakchi korporatsiyaning Galaxy A turkumidagi smartfonlari o‘rta narx toifasiga mansub. Biroq bozordagi raqobatni hisobga olib, Samsung ularni imkon qadar arzon taqdim etish harakatida.

O‘QING: Xiaomi’ga qarshi kurash: Samsung endi 118 dollardan boshlanuvchi Galaxy A smartfonlarini chiqaryapti!

Kecha internetda Samsung Galaxy A50 hamda Galaxy A30 modellari orqa tomonidan ko‘rsatilgan «jonli» rasm paydo bo‘ldi. Bulardan birinchisi uchta, ikkinchisi esa ikkita ob’yektivli bosh kameraga ega ekanligi tasdiqlandi:

Shuningdek, Galaxy A30 korpusining orqa panelida daktiloskopik datchik ham mavjud, Galaxy A50 modelida esa u ekranga integratsiya qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Flagmanchasiga AMOLED-ekranli Galaxy A50’ning yangi jihatlarini FCC oshkor etdi

Bulardan tashqari, 91mobiles nashri ushbu seriyaning yana bitta vakili – Galaxy A20 korpusining orqa qopqog‘i aks etgan «jonli» suratni ham e’lon qildi. Unda tikka joylashuvchi qo‘sh kamera hamda fotochaqnoq uchun ochilgan o‘yiqlarni ko‘ramiz, barmoq izi skaneri uchun esa joy qoldirilmagan:

Shuningdek, korpusning pastki qirrasida quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqish hamda micro-USB porti ham bo‘lishi ma’lum:

O‘rta narxli turkumdagi boshqa smartfonlaridan farqli ravishda, Galaxy A20 modelining texnik xususiyatlari va qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Samsung Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A10 smartfonlari esa yaqin kunlar ichida – MWC 2019 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!