Hamyonbop Galaxy smartfoni taqdim etildi

Hamyonbop Galaxy smartfoni taqdim etildi

Bugun Samsung kompaniyasi Hindistonda Galaxy F13 smartfonini taqdim etdi. Yangi qurilma ko‘p jihatdan Galaxy M13 modeliga o‘shab ketadi. Asosiy farq F13 qurilmasi kattaroq 6,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Qurilmaga Exynos 850 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u 4GB tezkor xotiraga ega. Smartfonning doimiy xotirasini microSD kartasi bilan 1TB gacha uzaytirish mumkin. 

Smartfonga FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displeyi o‘rnatilgan. Uning yuqori qismida tomchisimon shakldagi 8MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Orqa panelda 50MP asosiy, 5MP ultrakeng va 2MP sath kameralar va bitta LED chirog‘i joylashgan. 6,000 mAs akkumulyator 16 vattda quvvat oladi. Shuning uchun quvvatlash jarayoni biroz uzoq vaqtga cho‘zilishi mumkin. 

Galaxy F13'ga ikki SIM-karta qo‘yish mumkin. Qurilma bir kartadan ikkinchisiga avtomatik ravishda ma’lumotlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bunday arzon narxdagi qurilmalarda oldi bunday funksiya yo‘q edi.

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning Waterfall Blue, Nightsky Green va Sunrise Copper rangli turlari taqdim etildi. 

Qurilmaning narxi quyidagicha:

64GB - 155 dollar

128GB - 167 dollar

Qurilma 29 iyun sanasida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Xiaomi Book S 12.4 plansheti taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.