Hamyonbop Galaxy smartfoniga avgust oyi yangilanishi keldi

Hamyonbop Galaxy smartfoniga avgust oyi yangilanishi keldi

2021 yil avgust oyi tizim yangilanishi tanlangan Galaxy A10 modellariga kela boshladi. Yaqindagina mazkur hamyonbop smartfon uzoq kutilgan One UI 3.1 apdeytini qabul qilgan edi.

O‘QING: Samsung Galaxy A52s 5G smartfoni chiqdi

Joriy yangilanish faqatgina Android 11'ga o‘tib bo‘lgan Galaxy A10 smartfonlarigagina kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab barcha Galaxy A10'lar hali Android 11'ga to‘liq o‘tib bo‘lmagan.

Yangilanish model raqami A105FPUU6CUH3 bo‘lib, bir necha soat oldin Rossiyaga jo‘natila boshladi. Hozircha boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar apdeytni qabul qilmagan.

Samsung 2019 yilgi mazkur smartfonni hali ham choraklik asosda xavfsizlik patchlari bilan ta’minlab turgani quvonarli hol, albatta.

O‘QING: Samsung Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!