Hamyonbop narxli Motorola Moto E20 smartfoni taqdim qilindi

Hamyonbop narxli Motorola Moto E20 smartfoni taqdim qilindi

Yevropa bozori uchun yangi Motorola smartfoni taqdim qilindi. Atigi 100 yevro narxga ega smartfon kompaniyaning eng arzon qurilmalaridan.

O‘QING: Dimensity 700 chipli Motorola Moto G50 5G chiqdi

Moto E20 smartfoni 6,5 dyuym diagonalli LCD ekranga ega bo‘lib, displey aniqligi HD+ formatida. Yuqorida joylashgan tomchisimon tirqish ichiga 5MPlik selfi kamera o‘rnatilgan. Orqa panelda esa 13MPlik asosiy, 2MP sath datchigi va LED chirog‘i joylangan.

Smartfon Unisoc T606 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, 2GB operativ, 32GB doimiy xotiraga ega. Tashqi xotira uchun microSD sloti ham mavjud.

Qurilma Android 11 Go Edition tizimida ishlaydi. 4,000 mAs sig‘imli akkumulyator esa USB-C porti orqali 10 vattda quvvat oladi. Smartfon, shuningdek, suv sachrashidan IP52 darajasida himoyalangan.

Moto E20 kelasi oydan boshlab Yevropada kulrang va ko‘k ranglarda sotila boshlaydi.

O‘QING: Motorola Edge 20'ning renderlari paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.