Hamyonbop Realme 7i taqdim etildi: 90Hz ekran, 8GB «operativka», Qualcomm chipi (+anboksing videosi)

  •   DiMaX
  •  3206
  •  17.09.2020 13:58

Hamyonbop Realme 7i taqdim etildi: 90Hz ekran, 8GB «operativka», Qualcomm chipi (+anboksing videosi)

Oppo korporatsiyasi Redmi bilan raqobatlashish uchun tashkil etgan Realme subbrendi yaqinda Realme 7 hamda Realme 7 Pro smartfonlarini chiqarganidan xabaringiz bor. Kompaniya bugun – 17 sentyabr kuni ushbu turkumni yana bitta – Realme 7i modeli bilan to‘ldirdi.

O‘QING: Realme 7 ham «ajdod»ining rekordini yangiladi!

Yangi smartfonning «elektron yuragi» bo‘lib Qualcomm kompaniyasining yangi Snapdragon 662 chipseti xizmat qiladi. Realme 7i ekrani diagonaliga 6,5 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi HD+ formatida. Displeyda kadr yangilanish chastotasi esa 90 gersni tashkil etadi.

Kompaniya bu modelini 18 vattlik tezkor quvvat oluvchi 5000 mA/soatlik akkumulyator hamda 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlagan. Smartfon Android 10 operatsion tizimi bazasidagi Realme UI grafik qobig‘i boshqaruvida ishlaydi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Realme 7i devaysining kvadrokamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik bo‘lsa, qolgan sensorlari 8 (keng burchakli), 2 (oq-qora) va 2 (makrokamera) megapiksellik aniqlikda. Old kamera esa ekranning tirqishiga joylangan bo‘lib, 16 megapiksellik yakka moduldan iborat.

Ushbu smartfonning korpusi 164,1x75,5x8,9 millimetrlik o‘lchamga hamda 188 grammlik vaznga ega. Unda ikkita SIM-karta va MicroSD-karta uchun alohida-alohida – uchtalik slot mavjud. Realme 7i korpusida zamonaviy USB-C porti qo‘llanishi biln birga, quloqchin uchun standart audiotirqish ham qoldirilgani ko‘pchilikka ma’qul kelsa kerak.

Quyida uning qadog‘i ochib, smartfonning o‘zi ishlatib ko‘rsatilgan videosini tomosha qilamiz:

Oppo ushbu mahsulotini ikki xil – yashil v havorang korpuslarda, 215 AQSh dollariga teng narxda chiqarmoqda. Realme 7i taqdimoti Indoneziyada o‘tkazilgan bo‘lib, u keyinroq boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqishi mumkin.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (37-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!