Hamyonbop Redmi 10X’ning flagmancha xususiyatlari: AMOLED-ekran, 30 karralik zum va barqarorlashtirish... (+«jonli» rasm va video)

  •   DiMaX
  •  2257
  •  22.05.2020 12:00

Hamyonbop Redmi 10X’ning flagmancha xususiyatlari: AMOLED-ekran, 30 karralik zum va barqarorlashtirish... (+«jonli» rasm va video)

Xiaomi korporatsiyasi 26 may kuni taqdim etayotgan Redmi 10X 5G smartfonining har ikki tomonidan olingan rasmlarini chiqarganmiz. Redmi kompaniyasi yangi posterlarda uning yana bir qator xususiyatlarini oshkor etdi.

O‘QING: 67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

Avvalo, Redmi 10X turkumining kvadrokamerasi suratga olinayotgan tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Bundan tashqari, unga 4 karralik optik va naq 30 karralik raqamli zum imkoniyati qo‘shilgan!

Redmi 10X kamerasiga joriy etilgan sun’iy idrok texnologiyalari avtomatik rejimda ham a’lo sifatdagi suratlar olish imkonini beradi.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Ushbu hamyonbop smartfonda qo‘llanayotgan flagmancha texnologiyalardan yana biri – uning ekranida asosan qimmat modellarda qo‘llanadigan AMOLED-matritsa ishlatilyapti.

 Redmi 10X nafaqat ikkita SIM-karta slotiga ega, balki ularda bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘ida baravariga ishlay oladi – bunaqasi hali birorta flagmanda ham yo‘q!

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bunga MediaTek kompaniyasining yangi Dimensity 820 protsessori tufayli erishilgan.

O‘QING: Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘yicha direktori Van Teng Tomas (Wang Teng Thomas) ushbu smartfon va yangi avlod RedmiBook noutbukining taqdimotiga tayyorgarlik jarayonida olingan suratni ulashgan. Unda mana shu ikkita yangi devays «jonli» tarzda aks ettirilgan:

Bundan tashqari, taniqli insayder Mukul Sharma aynan Redmi 10X kamerasida olingan videoni e’lon qilgan:

Eslatib o‘tamiz, ushbu 5G-smartfondan tashqari, to‘rtinchi avlodgacha uyali aloqa tarmoqlarida ishlovchi, yanada arzon Redmi 10X 4G modeli ham tayyorlangan. Bu va boshqa texnologiya yangiliklarini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.