Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu global reytingi, 2020 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  3016
  •  12.09.2020 16:03

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu global reytingi, 2020 yil avgust)

Biz boya ommabop AnTuTu bo‘yicha avgust oyi holatiga ko‘ra eng zo‘r flagmanlarning global reytingini chiqargandik. Mazkur benchmark o‘rta narx toifasidagi smartfonlarning global miqyosdagi reytingni ham taqdim etgan.

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Hamyonbop smartfonlarning avgust oyi xitoycha reytingidan farqli ravishda, global ro‘yxatda birinchi o‘rinni OnePlus Nord modeli egallagan – 326 958 ball. Ikkinchi pog‘onada turgan Redmi K30 5G esa 313 951 ball olgan. Kuchli uchlikni 309 731 ballik natija bilan Huawei Nova 7i yakunlab turibdi.

O‘rta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar ro‘yxatiga yana Realme 6, Redmi Note 8 Pro, Realme 6 Pro, Redmi Note 9 Pro, Redmi Note 9S, Oppo Reno 4 4G hamda Xiaomi Mi Note 10 Pro modellari kirgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, bu galgi kuchli o‘nlikning naq yarmini Xiaomi vakillari band etgan. Oppo kompaniyasining uchta smartfoni reytingga kirgan bo‘lsa, qolgan ikkita o‘rin OnePlus va Huawei smartfonlariga nsib etgan.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)