Hamyonbop va kuchli flagman – Poco M2 Pro surati hamda namoyish kuni rasman e’lon qilindi (video)

  •   DiMaX
  •  767
  •  01.07.2020 12:57

Hamyonbop va kuchli flagman – Poco M2 Pro surati hamda namoyish kuni rasman e’lon qilindi (video)

Xiaomi korporatsiyasining Poco subbrendi avvalroq Poco F2 Pro flagmanini taqdim etgan. Biroq u butkul original emas, balki Xitoyda taqdim qilingan smartfon – Redmi K30 Pro modelining qayta nomlangan versiyasidir. Undan keyin esa...

O‘QING: Poco M2 Pro smartfoni ham tayyor – u qaysi modelning klon ekan?

Mazkur brendning navbatdagi smartfoni Poco M2 Pro deb nomlanishi haqidagi gap-so‘zlar rasmiy tasdig‘ini topdi. Kompaniya boyagina Twitter orqali uning nomini va taqdimot sanasini e’lon qildi:

Demak, Poco M2 Pro modelini 7 iyul kuni Hindistonda, mahalliy vaqt bilan kunduzgi soat 12:00 da boshlanuvchi onlayn tadbirda taqdim qilishadi.

O‘QING: Bor-yo‘g‘i 84 dollardan boshlanuvchi Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etildi!

Biz esa smartfonning hozircha faqat tashqi ko‘rinishini aniqlay olamiz: uning orqa panelida Redmi Note 9 turkumi vakillari hamda Redmi 10X modeli dizaynida kvadrokamera bor.

Flipkart do‘konidagi maxsus sahifada esa Poco M2 Pro smartfonining tezkor quvvatlash texnologiyasiga hamda ishlash samaradorligi yuqori ekanligiga ishora qiluvchi yana ikkita video mavjud.

Poco M2 Pro’ning model identifikatori (Declaration ID) boshqa – Redmi Note 9 Pro identifikatori bilan bir xil, yana boshlang‘ich kodlari ham aynan shunaqa. Insayderlarga ko‘ra, Poco M2 Pro texnik xususiyatlari ham ham uniki bilan bir xil: Qualcomm Snapdragon 720G protsessori, 6,67 dyuymlik displey, 5020 mA/soatlik akkumulyator, 16 MPlik old va to‘rt modulli (48+8+5+2 MP) bosh kameralar.

O‘QING: Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!