Hamyonbop yangi Galaxy smartfoni taqdim etildi

Hamyonbop yangi Galaxy smartfoni taqdim etildi

Samsung yangi hamyonbop smartfonni taqdim etdi. Galaxy F04 modeli siyohrang hamda yashil rangda sotuvga chiqadi. Qurilma 4GB tezkor xotira bilan integrallashgan 12 nanometrli MediaTek Helio P35 chipi bilan jihozlangan. 

Bazaviy xotira 64GB bo‘lib, uni microSD kartasi bilan 1TB gacha kengaytirish mumkin. Qurilma Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. 

Galaxy F04 modeli 60 gertsda ishlovchi 1600x720 piksel rezolyutsiyadagi PLS LCD displeyi bilan jihozlangan. Old panelda 5MP selfi kamera joylashgan bo‘lsa, orqa paneldan 13MP asosiy hamda 2MP sath kamera o‘rin olgan. Barmoq izi skaneri smartfonda mavjud emas. Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni 15 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

12 yanvardan Flipkart o‘nlayn do‘konida qurilma 115 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: 2023 yilning birinchi flagman smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!