Haqiqatan ChEKSIZ tungi internet endi ikki karra arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  14376
  •  30.07.2020 10:44

Haqiqatan ChEKSIZ tungi internet endi ikki karra arzonlashdi!

Avvalroq Bilayn kompaniyasi to‘rtinchi avlod uyali aloqa standartidagi internet foydalanuvchilari uchun har oyda 4 gigabaytgacha bonuslar bera boshlagan edi. Yaqinda esa mazkur uyali aloqa operatori atigi 10 ming so‘mdan boshlanuvchi ChEKSIZ internet joriy etgan.

O‘QING: Qabul qiluvchi telefonida saqlanmaydigan SMS yuborishni bilasizmi?

Endi bo‘lsa Beeline o‘z abonentlari uchun yana bitta xushxabarni ulashdi: tunda internetdan cheksiz foydalanish imkonini beruvchi «Do It!» xizmati 2 baravarga arzonlashtirilgan. Ya’ni, ushbu operator abonentlari kuniga atigi 5 000 so‘m evaziga tunda haqiqiy cheksiz internetdan foydalana oladilar!

Aytish kerakki, «Do It!» xizmati doirasidagi cheksiz internet soat tungi 01:00 dan to ertalabki 08:59 gacha amal qiladi. Uning boshqa shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola yordamida operator saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.