Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko'z ilg'amaydi

Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko'z ilg'amaydi

Belorusiyalik 3D dizayner Ostap Gordon o'tgan oyda chiqarilgan Unreal Engine kompyuter o'yinlari uchun dvijokning beshinchi avlodida hayratlanarli darajada real ko'rinadigan 3D renderlarni yaratdi.

Sovet davri atmosferasidan ilhomlanib, kichik rus shahrining qish faslidagi ko'rinishi tasvirlangan videoni bir qarashda renderlangan deyish qiyin. Kuniga 7 soatdan 5 kun ichida bir nechta qo'shimcha dasturlar: Blender, Adobe Substance 3D Painter, 3DS Max, Photoshop va boshqalar bilan yaratilgan loyihani ishga tushirish uchun RTX 2080 yoki undan yaxshirog'i kerak bo'ladi.

Yana bir Lorenzo Drago ismli dizayner esa Unreal Engine 5 yordamida Yaponiyadagi Etchū-Daimon poyezd vokzalining o'ta realistik renderlarini yaratdi. Suratlarga qarab, ularning kompyuter texnologiyasi yordamida yaratilganligi birovning yetti uxlab tushiga ham kirmaydi.




Yaqinda chiqarilganiga qaramay, bir nechta o'yin studiyalari allaqachon Unreal Engine 5 bilan o'yinlar yaratishlarini ham tasdiqlashdi. Ulardan biri Crystal Dynamics'ning Tomb Raider o'yini bo'lsa, yana biri CD Projekt Red tomonidan ishlab chiqariladigan The Witcher bo'ladi.

O'QING: Battlefield Mobile qachon chiqarilishi ma'lum qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!