Har bir sotilgan iPhone X Samsung'ga Galaxy S8'dan ko‘proq pul keltirmoqda

Har bir sotilgan iPhone X Samsung'ga Galaxy S8'dan ko‘proq pul keltirmoqda

Samsung kompaniyasi iPhone X'ni tayyorlash jarayonida Apple'ning eng yirik ta’minotchisi hisoblanadi.

Samsung iPhone X uchun nima tayyorlab beradi?
Samsung iPhone X uchun tayyorlaydigan eng murakkab (shuningdek, eng qimmat) tarkibiy qism, bu — yangi OLED-ekran hisoblanadi. Bu «eksklyuziv» displey Samsung tomonidan shaxsan Apple buyurtmasi asosida tayyorlangan. Shu bilan birga, The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi iPhone X uchun batareya va kondensatorlar ham yetkazib beradi.

Samsung iPhone X'ning savdosidan jami qancha daromad topadi?
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchining cho‘ntagiga har bir sotilgan iPhone X'dan 110 dollar miqdoridagi mablag‘ kelib tushadi. Bu -- kompaniya ishlab chiqarayotgan Galaxy S8'ning tarkibiy qismlaridan kelib tushadigan foydadan ham ko‘proq daromad degani.

«Samsung, iPhone X uchun yetkazib bergan tarkibiy qismlar uchun jami 4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni ishlab oladi. Hattoki o‘z flagmani smartfoni bo‘lmish Galaxy S8'ning tarkibiy qismlari ham kompaniyaga shuncha daromad keltirmaydi», — deb yozishmoqda ekspertlar. Ya’ni, bunda Samsung'ning butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi Samsung Mobile kompaniyasining qancha daromad olishi nazarda tutilgan.

Tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, Apple 2019 yilgacha jami 130 million dona iPhone X sotishga muvaffaq bo‘ladi. Va, uning har biri uchun o‘z raqibiga 110 dollar sof foydani tutqazib qo‘yadi. Shuningdek, Samsung ham shu davr oralig‘ida sotilgan Galaxy S8'ning har biridan 202 dollardan daromad ko‘radi. Bu taxminan 50 million dollar degani. Ya’ni, ko‘rib turganingizdek, iPhone X bir necha marotaba ko‘p sotilishi evaziga Samsung'ga savdodan yaxshigina ulush tegadi.

Yana bir gap
CLSA investitsiya agentligiga ko‘ra, yangi iPhone uchun hozirga qadar berilgan buyurtma summasi Samsung daromadining 3 dan bir qismini tashkil qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!