Har daqiqada 1733 dollar ishlab topayotgan yetti yillik bu o‘yin sizni ham qiziqtiradi!

  •   DiMaX
  •  2679
  •  14.08.2021 13:58

Har daqiqada 1733 dollar ishlab topayotgan yetti yillik bu o‘yin sizni ham qiziqtiradi!

NetBet kompaniyasi so‘nggi ikki yildagi eng serdaromad o‘yinlar borasida tadqiqot o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, Grand Theft Auto 5 (yoki GTA V) o‘yini hozirgacha kuniga ikki yarim million dollardan oshiq daromad keltirayotgan ekan!

O‘QING: Vaqtincha bepul tarqatilayotgan GTA V o‘yinini o‘ta realistik versiyada chiqarishdi! (video va havola)

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2020 yil davomida Grand Theft Auto V keltirgan daromad 911 million AQSh dollariga teng ekan. Bu esa 2019 yildagiga nisbatan 53,11 foizga yuqori ko‘rsatkichdir. Hisob-kitob qilib ko‘rilsa, GTA V har kuni 2,5 million dollar ishlab topmoqda. Ya’ni, bu – har daqiqada 1733 dollar, deganidir!

Rockstar Games o‘yin studiyasi va Take-Two nashriyoti Grand Theft Auto VI anonsiga shoshilmayotgani endi tushunarli bo‘ldi. Ya’ni, eskirib borishiga qaramasdan, mazkur o‘yinning beshinchi qismi haliyam yuqori daromad keltirmoqda – yangisini chiqarishga na hojat!? Umuman, yetti yil avval chiqqan GTA V tarixdagi eng muvaffaqiyatli ko‘ngilochar loyihaga aylangan.

Rockstar Games hamda Take-Two bu o‘yindan qancha «soqqa qil»ishayotganini o‘zlari oshkor etishmaydm. Ular faqat GTA V necha nusxa sotilgani haqidagi rekordlarni aytib maqtanishadi, masalan, 2020 yilda uni 20 millionlik tirajda sotishgan. Taqdim etilganidan buyon sotilgan jami Grand Theft Auto V nusxalari esa 140 milliondan oshib ketgan.

O‘QING: Eng ko‘p «soqqa» keltirgan mobil o‘yinlar: iyulda g‘olib naq $299 mln ishlab olgan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.