Har qanday iPhone’ni beshtagina «defis» bilan «o‘ldirish» mumkin, sinab ko‘rmang!

  •   DiMaX
  •  1518
  •  13.02.2019 11:23

Har qanday iPhone’ni beshtagina «defis» bilan «o‘ldirish» mumkin, sinab ko‘rmang!

Apple gadjetlarini turli belgilar bilan ishdan chiqarish yo‘llari haqida avval ham yozganmiz. Masalan, «Bayroq+0+kamalak» kombinatsiyasi, iPhone hamda Mac kompyuteridagi barcha jarayonlarni to‘xtatib qo‘yuvchi hindcha belgi...

O‘QING: Telegram orqali bitta xabar yuborish bilan smartfonni «o‘ldirish» yo‘li topildi

Rossiyalik foydalanuvchilardan biri esa iOS’dagi yana bitta shunday nuqsonni topdi – u shunchaki defis (hyphen, chiziqcha) belgisidan o‘lguday qo‘rqar ekan! iPhone «qotib qolishi» va o‘chib-yonishi uchun istalgan joyda ovozli matn terish yo‘li bilan «defis» so‘zini ketma-ket besh marta aytib yozdirish kifoya.

Mazkur kombinatsiya istalgan tilda aytib yozdirilganda, har qanday modeldagi ayfonni to‘xtatib qo‘ya oladi. Apple mutaxassislari hozircha ushbu nuqson haqida biror munosabat bildirishmagan, ular hozircha iPhone’lardagi boshqa muammo ustida bosh qotirishmoqda...

O‘QING: Smartfonni "o‘ldiruvchi" xatolaringiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!