Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

  •   DiMaX
  •  5575
  •  04.08.2018 13:54

Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Apple korporatsiyasining barcha mahsulotlari qatori, smartfonlari ham anchagina puxta, ammo baribir ularning orasida ham nuqsonlilari uchrab turadi. Shu kabi qurilmalarni qaytarib olgan korporatsiya odatda ularni qayta tiklab, yana bozorga chiqaradi.

O‘QING: Original iPhone X displeyining qalbakisidan farqlari (+video)

Xo‘sh, yangi deb sotilayotgan ayfonning haqiqatan ham yap-yangi yoki qayta tiklangan smartfon ekanini aniqlashni bilasizmi? Quyida buning eng oson yo‘lini ko‘rib chiqamiz.

1-QADAM. Ayfondagi «Sozlamalar» menyusidagi «Asosiylari»ga, undan esa «Bu qurilma haqida» bandiga kirasiz («Nastroyki» → «Osnovnie» → «Ob etom ustroystve»).

2-QADAM. Sahifaning pastrog‘iga – «Model» bandiga tushasiz va undagi model raqamini ko‘rasiz.

3-QADAM. Ayni shu yerda – model raqamidagi birinchi harfga e’tibor qaratasiz. Bu harf mazkur iPhone’ning quyidagilardan qay biriga mansubligini ifodalaydi:

  • M – yap-yangi iPhone.
  • F – qayta tiklangan ayfon.
  • N – ishlab chiqarishdagi brak tufayli Apple’ga qaytarilib, sozlab qaytadan chiqarilgan iPhone. Bu toifa ham rasman qayta tiklangan ayfon hisoblanadi.
  • P – Apple tomonidan maxsus, takrorlanmas gravirovka tushirilgan iPhone.

Ta’kidlash kerakki, model raqami – hech qanaqasiga o‘zgartirib bo‘lmaydigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bois ham, o‘zingiz ishlatayotgan yoki endi xarid qilmoqchi bo‘lgan iPhone’ning yuqoridagi toifalardan qay biriga mansubligini albatta shu usulda tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.

O‘QING: iPhone sotishdagi eng keng tarqalgan aldovlar va ularga aldanmaslik yo‘llari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!