Har qanday qurilma bilan ishlay oladigan Google geympadini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  520
  •  11.03.2019 15:26

Har qanday qurilma bilan ishlay oladigan Google geympadini tomosha qiling!

Google kompaniyasi tez orada videoo‘yinlarning oqimli translyasiyasi bo‘yicha Project Stream nomli yangi servisini rasman taqdim etishi kutilmoqda. Uni yaqinda Assassin’s Creed Odyssey sarguzashtli ekshn o‘yini yordamida ommaviy tarzda sinab ham ko‘rdi.

O‘QING: Assassin’s Creed Odyssey rasman taqdim etildi: Qadim Yunon yurtiga jangga otlanamiz! (+video)

Bundan tashqari, qidiruv giganti o‘zining o‘yin kontrollerini ham tayyorlabdi! Uning patent hujjatlarida aks etgan chizmalarga asoslanib, Yanko Design rassomi geympadning render suratlarini taqdim etdi.

Agarda patentdagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, u holda bu kontroller geymerni xabarlar, takliflar, yangi rekord kabilar haqida ogohlantirib turadi. Mazkur geympad smartfon, televizor va planshetlar bilan ham ishlay oladi.

Umuman olganda, o‘yin kontrollerlari bir-biriga juda o‘xshash: ular ikkita analogli stik, xochsimon D-pad, to‘rtta «tepki»cha va qo‘shimcha tugmachalar bilan jihozlangan. Ular odatda shu unsurlarning joylashuvi va korpusining shakliga ko‘ra farqlanadi, xolos.

O‘QING: Kompyuterlar uchun beshta bepul «shohona jang» o‘yini

Qidiruv gigantining kontrollerida esa bulardan tashqari yana Google tugmachalari, mikrofon, shuningdek, «Uyga» va «Menyu» tugmachalari ham bor! Mikrofon tugmachasi nafaqat mikrofonni o‘chirib-yoqishga, balki Google Assistant’ni ishga tushirish uchun ham xizmat qiladi.

Aytish kerakki, Google shu yilning 18–23 mart kunlari dasturchilar uchun yillik Game Developer Conference tadbirini o‘tkazadi. Yangi avlod geympadi ham shunda taqdim etilsa kerak.

Google’ning o‘yin kontrolleri qachon savdoga chiqarilishi, shuningdek bizning bozorlarga yetib kelishi ma’lum emas. Ungacha esa Terashop.uz internet-do‘konidan Sony PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin pristavkasini 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish yoki kompyuterda ham, smartfonda ham o‘yin jarayonini qulaylashtiruvchi Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Microsoft kutilmaganda ommabop o‘yinlardan birini butkul bepul qildi va Xbox One uchun ham taqdim etdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!