Har qanday saytni «tungi rejim»ga o‘tkazuvchi kengaytma ko‘zingiz nurini asraydi

  •   DiMaX
  •  1810
  •  16.07.2018 17:50

Har qanday saytni «tungi rejim»ga o‘tkazuvchi kengaytma ko‘zingiz nurini asraydi

Veb-sahifalarda to‘qrang fon qo‘llanishi ko‘zga tushadigan yukni kamaytiradi – kompyuterda uzoq o‘tirib ishlaydiganlar uchun bu juda muhim. Afsuski, barcha saytlar ham shu kabi tungi rejimga ega emas, shu bois brauzerlar uchun maxsus kengaytmalar ishlab chiqiladi.

O‘QING: Tungi internetni qulaylashtirish uchun judayam kerakli kengaytma

Chrome uchun ishlab chiqilgan Deluminate kengaytmasi ham shulardan biri bo‘lib, u sahifalardagi standart ranglarni biroz to‘qroq qilib ko‘rsatadi. Natijada sayt bilan ishlaganingizda ko‘zingizga uncha og‘irlik tushmaydi.

Deluminate kengaytmasi mana bu havola orqali o‘rnatib olganingizdan so‘ng, Chrome brauzeringiz jihozlar panelida uning belgichasi paydo bo‘lib qoladi. Uni bosib, ochilgan menyudagi Dim bandini bosasiz. Gorizontal joylashgan suriluvchi sozlagich orqali fonning qorayish darajasini belgilaysiz.

Amalga oshirilgan sozlamalarni barcha saytlar uchun ham, ayni damda ochiq turgan muayyan bir sayt uchun ham qo‘llashingiz mumkin. Istasangiz, har bir sayt uchun alohida ranglar sxemasini yaratish imkoni ham mavjud.

Bulardan tashqari, Deluminate kengaytmasida saytlarni aks ettirishning qora hamda inversiyali rejimlari ham bor. Yana uning ko‘plab qo‘shimcha opsiyalari orqali sahifalarning tashqi ko‘rinishini o‘zingizga moslab – istagancha sozlab olishingiz mumkin.

O‘QING: Android uchun Telegram X yangilandi: avtomatik tungi rejim va yangi bosqichdagi xavfsizlik!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!