Har qanday smartfonda bemalol ishlay oladigan Instagram Lite chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3565
  •  28.06.2018 16:39

Har qanday smartfonda bemalol ishlay oladigan Instagram Lite chiqdi!

Instagram ilovasining ommalashuvi asosan internet tezligi yaxshi, turmush darajasi yuqori bo‘lgan – rivojlangan mamlakatlardagi auditoriyaga bog‘liq. Shuni hisobga olib, uning jamoasi nisbatan yengil va kamxarj Instagram Lite ilovasini taqdim etdi.

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

«Yengillashtirilgan» ilova hajmi atigi 573 kilobaytni tashkil etadi, bu – naq 32 megabaytlik to‘laqonli Instagram’ning 1/55 qismiga teng. Instagram Lite fotosuratlarni turli filtrlar bilan qayta ishlab, tarmoqqa joylash, «Tarixlar»ni va qidiruv sahifasini ko‘rish imkonini beradi. Hozircha unda faqat ichki messenjer mavjud emas.

«Instagram Lite ilovasi o‘ta yengil, shuning uchun uni tezda ko‘chirib olish mumkin. Shuningdek, u telefoningizda joyni tejashga ham yordam beradi», –deyiladi uning Google Play’dagi tavsifida.

O‘QING: Hamyonbop va kuchsizroq smartfonlar uchun sakkizta «yengil» ilova

Aytish kerakki, ko‘pgina hamyonbop va nisbatan eski modellardagi smartfonlarda to‘laqonli Instagram ishlashi birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Shunaqa gadjetlar egalari uchun Instagram Lite ayni muddao. Tizim resurslarini va smartfon xotirasidagi joyni kam egallashidan tashqari, mazkur «yengil» ilova internet-trafikni ham kam sarflaydi.

Instagram Lite ilovasi faqat Android-qurilmalar uchun taqdim etilgan va uni mana bu havola orqali Google Play’dan yuklab olish mumkin. Faqat uni tarqatish endi boshlangan – barcha modellardagi smartfonlar hamda hamma mamlakatlar foydalanuvchilari uchun yuklab olish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Agarda shunday muammoga duch kelsangiz, u holda mana bu maqolamizdagi yo‘riqnomadan foydalanishingiz mumkin:

O‘QING: APK fayllarini cheklovlarsiz ko‘chirib olamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!