Har qanday smartfonda bittagina tugmacha orqali internetni tezkor va maxfiy qiluvchi bepul ilova chiqdi!

  •   DiMaX
  •  4803
  •  13.11.2018 12:52

Har qanday smartfonda bittagina tugmacha orqali internetni tezkor va maxfiy qiluvchi bepul ilova chiqdi!

Joriy yilning aprelida CloudFlare kompaniyasi o‘zining «1.1.1.1» deb nomlanuvchi DNS servisini ishga tushirgandi. U kompyuterlarda DNS serverlarini almashtirish orqali internetni tezlashtirishga va xavfsiz qilishga mo‘ljallangan.

O‘QING: DNS sozlamalari orqali internetni tezlashtiramiz

Mazkur kompaniya endi ushbu servisning «1.1.1.1: Faster Internet» nomli mobil ilovalarini ham taqdim etdi. Qulay tomoni shundaki, unda bittagina tugmacha yordamida DNS sozlamalarini o‘zgartirish mumkin.

Bunda internet-trafik sizga xizmat ko‘rsatayotgan provayderning emas, balki CloudFlare kompaniyasining o‘z serverlari orqali o‘tadi. Natijada provayder sizning qaysi saytlarga kirayotganingizni nazorat etolmaydi va saytlarga kirishingizni bloklay olmaydi. Shuning evaziga esa smartfoningiz yoki planshetingizda internetning tezligi o‘rtacha 30 foizga oshadi. Ayrim hollarda esa hatto ikki baravarga tezlashgani ham kuzatilgan.

Eng asosiy afzalliklaridan biri – 1.1.1.1: Faster Internet ilovasi mutlaqo bepul bo‘lib, unda ichki xaridlar ham ko‘zda tutilmagan. iPhone va iPad sohiblari uni ushbu havola orqali App Store’dan yuklab olishlari mumkin. Android-devayslar egalari esa bu ilovani mana bu havola yordamida o‘rnatib olishadi.

O‘QING: Smartfoningiz «qotib» ishlayotgan bo‘lsa...