Har uchala iPhone 11 modeli AnTuTu’da: bor-yo‘g‘i shumi!?

  •   DiMaX
  •  2978
  •  13.09.2019 16:19

Har uchala iPhone 11 modeli AnTuTu’da: bor-yo‘g‘i shumi!?

Bugun ertalab iPhone 11 smartfonining Geekbench’da yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar bergandik. Endi esa xuddi shu hamyonbop smartfon, yana iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max flagmanlarining boshqa bir benchmarkdagi natijalari ma’lum bo‘ldi...

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Apple’ning bu yilgi eng arzon smartfoni atigi 4 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ekanligi ma’lum bo‘lgandi. AnTuTu testi natijalariga ko‘ra, uning har ikkala «aka»si ham shunaqa – bor-yo‘g‘i 4 gigabaytlik «operativka»ga ega ekan! Benchmarkda tekshirilgan iPhone 11 hamda iPhone 11 Pro modellarining ichki xotirasi 256 gigabayt bo‘lsa, iPhone 11 Pro Max flagmani 512 gigabaytlik doimiy xotiraga ega.

Mana, har uchala yangi ayfonning samaradorlik testi natijalariga nazar solamiz:

Guvohi bo‘layotganingizdek, AnTuTu imtihonida iPhone 11 modeli 456655 ball, iPhone 11 Pro smartfoni 455452 ball, iPhone 11 Pro Max flagmani esa 462098 ball to‘play olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AnTuTu servisi vakillari Android-smartfonlar hamda iPhone’larning benchmarkdagi natijalarini taqqoslab bo‘lmasligini aytishgan.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.