Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

  •   DiMaX
  •  1423
  •  29.04.2021 12:39

Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

Ulefone kompaniyasi korpusi mustahkam himoyalangan smartfonlari bilan tanilgan. Masalan, Armor 11 5G rusumli telefoni – pentakamera va «tungi nigoh»li, «o‘ldirib bo‘lmas» ushbu ilk 5G-smartfon bo‘lib, biz uning videosini ham chiqarganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Mazkur ishlab chiqaruvchi o‘tgan yili Armor 8 rusumli smartfonini chiqargan edi, endi esa uning takomillashgan versiyasi – Ulefone Armor 8 Pro modelini taqdim qildi.

Uning korpusi IP69K darajasida hamda AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra himoyalangan – suv va chang o‘tkazmaydi, zarbaga chidamli. Ya’ni, bu devays na qattiq yerga tushib ketishdan, na suv, na muz va na loydan qo‘rqmaydi.

Ulefone Armor 8 Pro smartfonida MediaTek Helio P60 protsessori qo‘llangan, tezkor va doimiy xotira hajmi esa tegishlicha 6 hamda 128 gigabaytlik. Diagonaliga 6,1 dyuymlik ekranidagi kemtikka joylangan old kamera smartfon egasini yuzidan tanib qulfni ocha oladi.

«O‘lmas» smartfonning 5580 mA/soatlik akkumulyatorida 15 vattlik tezkor quvvatlanish texnologiyasi joriy etilgan. Uchtalik bosh kamerasida 16 megapiksellik asosiy sensor hamda 5 MPlik makrokamera qo‘llangan.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Armor 8 Pro modelida barmoq izi skaneri, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi mavjud. Ulefone uni qadoqdanoq Android 11 operatsion tizim talqini bilan taklif etmoqda.

Kompaniya ushbu mahsulotini 234 dollarga baholagan, biroq AliExpress ilovasi orqali buyurtma bergan dastlabki 200 nafar xaridorga uni 32% chegirma bilan – atigi 169,99 dollarga sotyapti. Smartfonning barcha xususiyatlari bilan (ingliz tilida) tanishish uchun mana bu havola orqali Ulefone saytiga o‘tish mumkin.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!