HarmonyOS 2.0 hamda iOS 15 ishlash ravonligini «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  914
  •  15.06.2021 14:48

HarmonyOS 2.0 hamda iOS 15 ishlash ravonligini «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Huawei kompaniyasi 2 iyun kuni HarmonyOS 2.0 operatsion tizimini rasman namoyish qilgan. Shuningdek, ushbu tadbirda u qadog‘idanoq mazkur proshivka bilan ishlovchi ilk plansheti – Huawei MatePad Pro modelini ham taqdim etgan.

O‘QING: HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!

Xitoylik texnogigantning operatsion tizimi kutilmaganda Android’dan tezkor va tejamkor chiqib qolgani haqidagi xabarni «jonli» videosini e’lon qilgan edik. Atnarr Tech nomli YouTube-kanal muallifi esa HarmonyOS 2.0 tizimining qanchalik silliq ishlashini kupertinoliklarning operatsion tizimi bilan taqqoslab ko‘rdi.

E’lon qilingan videolavhaga ko‘ra, HarmonyOS 2.0 barcha qo‘llash ssenariylarida maksimal darajada ravon ishlashni namoyon etgan. Turli ilovalarning kontekst menyusi ochilishi borasida u iOS 15 tizimining joriy beta-versiyasidan sezilarli darajada tezkor chiqqan:

Eslatib o‘tamiz, hozirda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi OTA-yangilanishlar formatida Xitoydagi qurilmalarga tarqatilmoqda. Mazkur proshivka tarqatila yuzga yaqin Huawei smartfon va planshetlariga (rasmiy ro‘yxat) allaqachon tarqatila boshlagan. Shuningdek, mazkur orporatsiyasidan yaqinda alohida ajralib chiqqan Honor kompaniyasi ham mazkur proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini e’lon qilgan.

Xitoylik texnogigant hozir ushbu operatsion tizimning global reliziga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda. Huawei shu yilning oxirigacha 300 milliondan oshiq, 2022 yilda esa jami milliarddan ziyod gadjetlarga HarmonyOS 2.0 tarqatmoqchi!

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!