HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei va Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxati chiqdi

  •   DiMaX
  •  835
  •  08.10.2020 17:13

HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei va Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxati chiqdi

Huawei o‘zining HarmonyOS operatsion tizimi bultur taqdim etilgan bo‘lsa-da, hozircha unda ishlovchi smartfonlarni ommaviy chiqara boshlagani yo‘q. Yaqinda bo‘lib o‘tgan HDC 2020 marosimida bu tizimning ikkinchi – HarmonyOS 2.0 talqini ham namoyish qilingan.

O‘QING: Huawei birinchi bo‘lib HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi gadjetini e’lon qildi

Xitoylik texnogigant o‘zining mazkur operatsion tizimini Huawei va Honor smartfonlariga, planshetlariga va smart-soatlariga o‘rnatadi. Aytish kerakki, kompaniya nafaqat yangi taqdim etiladigan, balki hozirda mavjud bo‘lgan ayrim modellardagi qurilmalarga ham bu proshivkani o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Huawei Central sayti esa vaqti kelganida HarmonyOS 2.0 o‘rnatish mumkin bo‘lgan qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi:

Huawei smartfonlari:

  1. Huawei Mate 40 (hali chiqmagan)
  2. Huawei Mate 40 Pro (hali chiqmagan)
  3. Huawei Mate 40 Pro+ (hali chiqmagan)
  4. Huawei Mate 40 RS Porsche Design (hali chiqmagan)
  5. Huawei Mate X
  6. Huawei Mate Xs
  7. Huawei P40
  8. Huawei P40 Pro
  9. Huawei P40 Pro+
  10. Huawei Mate 30 4G
  11. Huawei Mate 30 Pro 4G
  12. Huawei Mate 30 5G
  13. Huawei Mate 30 Pro 5G
  14. Huawei Mate 30 RS Porsche Design
  15. Huawei Nova 8 (hali chiqmagan)
  16. Huawei Nova 8 Pro (hali chiqmagan)
  17. Huawei Nova 7 Pro 5G
  18. Huawei Nova 7 5G
  19. Huawei Nova 7 SE
  20. Huawei P30
  21. Huawei P30 Pro
  22. Huawei Mate 20
  23. Huawei Mate 20 Pro
  24. Huawei Mate 20 X 4G
  25. Huawei Mate 20 X 5G
  26. Huawei Mate 20 RS
  27. Huawei Nova 6 5G
  28. Huawei Nova 6 SE

Honor smartfonlari:

  1. Honor V40 (hali chiqmagan)
  2. Honor 30 Pro
  3. Honor 30 Pro+
  4. Honor V30
  5. Honor V30 Pro
  6. Honor Play 4 Pro
  7. Honor X10 5G
  8. Honor 30
  9. Honor 30S
  10. Honor X10 5G
  11. Honor 20 Pro
  12. Honor 20
  13. Honor 9X
  14. Honor 9X Pro

Smart-soatlar:

  1. Huawei Watch GT 2 Pro (xitoycha versiyasiga o‘rnatilgan holda chiqadi)
  2. Huawei Watch GT 2e
  3. Huawei Watch GT 2

Planshetlar:

  1. Huawei MatePad Pro
  2. Huawei MatePad Pro 5G
  3. Honor Tablet V6

HarmonyOS 2.0 beta-versiyasini dasturchilar 2020 yilning oxirida sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Keyingi yilning yanvari yoki fevralidan esa bu operatsion tizim yuqoridagi ro‘yxatga kirgan Huawei va Honor gadjetlarining oddiy foydalanuvchilarga ham taqdim qilinadi.

O‘QING: Atigi 6 dollarlik telefonlardan «Huawei smartfonlari» yasab, 25 dollardan sotgan jinoiy guruh ushlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.