HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1490
  •  06.05.2021 15:06

HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘ramiz!

Digital Chat Station nikli insayder yaqinda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi o‘rnatilgan Huawei Mate X2 smartfonini ishlatib, tekshirib ko‘rgan. Uning tezkorligi Android operatsion tizimi ustiga qurilgan EMUI 11 grafik qobig‘i boshqaruvi ostidagi xuddi shu rusumli buklamafondan yuqori ekanligi aniqlangan edi.

O‘QING: HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Endi esa internetda shu ikkala operatsion tizim boshqaruvi ostidagi smartfonlarni bevosita yonma-yon qo‘yib, bir xil vazifalarni qanchalik tezkorlikda bajarishi ko‘rsatilgan video tarqaldi.

Mana, quyidagi lavhada chapdagi qurilma – Android 10 ustiga qurilgan EMUI 11 grafik qobiqli Huawei Mate 40 Pro flagmani, o‘ngdagisi esa – HarmonyOS 2.0 Developer Beta 3 tizimli Huawei Mate X2 buklamafoni:

Ko‘rib turganingizdek, HarmonyOS platformasi interfeys jihatidan Android tizimidan farq qilmaydi. Ularning ishlashi ham deyarli bir xil, faqat Huawei dasturiy ta’minoti hali beta-versiyada; foydalanishga topshirilgunicha u yanada tezlashib, ravonlashishi mumkin.

Darvoqe, xitoylik texnogigant yaqindagina mana shu ikki flagmanini arzon versiyalarda taqdim etgan edi.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!