HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  827
  •  22.04.2021 15:58

HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Avvalroq biz HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei hamda Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Xitoylik texnogigant o‘tgan yilning 16 dekabr kuni ushbu tizimni ayrim smartfonlari uchun taqdim etgan va uning birinchi «jonli» videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Huawei’ning yap-yangi operatsion tizimida ishlayotgan smartfon videosi chiqdi

 Kompaniya endi beta-talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini o‘rnatishga tayyor bo‘lgan gadjetlarining rasmiy ro‘yxatini yangiladi. Ancha kengaytirilgan bu ro‘yxat Huawei’ning nafaqat zamonaviy smartfonlari, balki planshet va aqlli televizorlarini ham o‘z ichiga olgan.

Yangi operatsion tizimga yangilanish uchun ushbu qurilmalar so‘nggi versiyadagi EMUI proshivkasiga ega bo‘lishlari kifoya. Ulardan har biri uchun so‘nggi proshivka talqini turlicha bo‘lib, quyidagi ro‘yxatda shular ham ko‘rsatilgan:

  1. Huawei Mate X2 — EMUI 11.0.0.160
  2. Huawei Mate 40 — EMUI 11.0.0.170
  3. Huawei Mate 40E — EMUI 11.0.0.130
  4. Huawei Mate 40 Pro — EMUI 11.0.0.170
  5. Huawei Mate 40 Pro+ — EMUI 11.0.0.170
  6. Huawei Mate 40 RS Porsche Design — EMUI 11.0.0.170
  7. Huawei P40 (ANA-AN00 / TN00) – EMUI 11.0.0.176
  8. Huawei P40 Pro — EMUI 11.0.0.176
  9. Huawei P40 Pro+ — EMUI 11.0.0.176
  10. Huawei Mate 30 4G — EMUI 11.0.0.175
  11. Huawei Mate 30 Pro 4G — EMUI 11.0.0.175
  12. Huawei Mate 30 5G — EMUI 11.0.0.175
  13. Huawei Mate 30 Pro 5G — EMUI 11.0.0.175
  14. Huawei Mate 30 RS Porsche Design — EMUI 11.0.0.175
  15. Huawei Mate 30E Pro 5G — EMUI 11.0.0.175
  16. Huawei MatePad Pro — EMUI 11.0.0.180
  17. Huawei MatePad Pro 5G — EMUI 11.0.0.180
  18. Huawei Smart Screen S Pro — 2.0.0.172 (SP3)
  19. Huawei Smart Screen S — 2.0.0.172 (SP3)

Dasturchilar uchun taqdim etilgan ushbu – uchinchi beta-versiyadagi HarmonyOS 2.0 yangilangan interfeys hamda bir qator yangi funksiyalarga ega. Xususan, unda Huawei ekotizimiga kiruvchi ko‘plab devayslar (smartfonlar, televizorlar, avtomobillar va taqiluvchan elektronika) uchun ilovalarni qo‘llab-quvvatlash kengaytirilgan. Shuningdek, DevEco Studio 2.0 universal platformasi ham yangilangan.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!