HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

  •   DiMaX
  •  528
  •  05.06.2021 12:38

HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Xabaringiz borki, Huawei kompaniyasi 2 iyun kuni HarmonyOS 2.0 operatsion tizimini rasman namoyish qilgan. Shuningdek, ushbu tadbirda u qadog‘idanoq mazkur proshivka bilan ishlovchi ilk plansheti – Huawei MatePad Pro modelini ham taqdim etgan.

O‘QING: Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, HarmonyOS tizimiga o‘tishi haqida yozgan edik. Huawei korporatsiyasidan yaqinda alohida ajralib chiqqan Honor kompaniyasi allaqachon mazkur proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Honor mobil qurilmalari uchun HarmonyOS relizi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Joriy yilning 4-choragida quyidagi modellarning proshivkasi yangilanadi:

  1. Honor 30
  2. Honor 30 Pro
  3. Honor 30 Pro+
  4. Honor 30S
  5. Honor V30
  6. Honor V30 Pro
  7. Honor V20
  8. Honor V20 Moschino Edition
  9. Honor Magic 2
  10. Honor 20
  11. Honor 20 Pro
  12. Honor X10
  13. Honor X10 Max
  14. Honor Tablet 6
  15. Honor Tablet X6
  16. Honor Play 4 Pro
  17. Honor 30 Youth Edition
  18. Honor Play 4

O‘QING: AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Ikkinchi bosqichda, ya’ni 2022 yilning ikkinchi yarmida esa mana bu smartfon va planshetlar HarmonyOS 2.0 operatsion tizimiga o‘tadi:

  1. Honor V10
  2. Honor 10
  3. Honor Play
  4. Honor 20S
  5. Honor Play4T Pro
  6. Honor 9X
  7. Honor 9X Pro
  8. Honor 8X
  9. Honor 10 Youth Edition
  10. Honor 20i
  11. Honor 20 Youth Edition
  12. Honor 9
  13. Honor V9
  14. Honor Play 3
  15. Honor Note 10
  16. Honor Tablet 5 8"
  17. Honor Tablet 5 10.1"

Yuqoridagi ro‘yxatga Honor kompaniyasining nafaqat yangi gadjetlari, balki nisbatan eski (hattoki uch yil avvalgi) modellari ham kirgani quvonarli. Keyinroq ushbu brendning boshqa smartfon va planshetlari uchun ham HarmonyOS 2.0 proshivkasi tarqatilishi mumkin.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.