HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!

  •   DiMaX
  •  1310
  •  08.05.2021 10:55

HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!

Yaqindagina Digital Chat Station nikli insayder HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi o‘rnatilgan Huawei Mate X2 smartfonini ishlatib, tekshirib ko‘rgan. Uning tezkorligi Android operatsion tizimi ustiga qurilgan EMUI 11 grafik qobig‘i boshqaruvi ostidagi xuddi shu rusumli buklamafondan yuqori ekanligi aniqlangan edi. Shundan keyin esa...

O‘QING: HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘ramiz!

Huawei kompaniyasining ushbu operatsion tizimi haqida yangi-yangi tafsilotlar chiqishda davom etmoqda. Aniqlanishicha, HarmonyOS smartfonning tezkor xotirasini Android tizimidan ko‘ra kamroq band etar ekan.

Android operatsion tizimi (EMUI 11 interfeysida) Huawei Mate X2 tezkor xotirasida 4,83 GB joy olgan. Ya’ni, 8 gigabaytlik «operativka»ning taxminan 66 foizi faqat tizimning o‘zi egallab turibdi (pastdagi suratda – chap toponda):

Rasmning o‘ng tomonidagi ko‘rsatkichlarga qarasak, HarmonyOS operatsion tizimi xuddi shu modeldagi qurilmaning o‘zida tezkor xotiradan 58 foiz qismini, ya’ni 4,23 gigabaytlik joyni band etgan.

HarmonyOS nafaqat tezkor xotira, balki doimiy xotiradan joy egallashi borasida ham Android tizimiga nisbatan tejamkorroq ekan. Yuqoridagi rasmda ko‘rish mumkinki, flesh-xotirasi 256 gigabaytlik Mate X2 modeli yangi tizim o‘rnatilganida, unda 6 gigabaytga kamroq joy band etgan.

O‘QING: «Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.