HarmonyOS tizimida ishlayotgan Huawei Watch 3 ilk «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  399
  •  31.05.2021 13:46

HarmonyOS tizimida ishlayotgan Huawei Watch 3 ilk «jonli» videoda!

Huawei kompaniyasi o‘zining HarmonyOS operatsion tizimini 2 iyun kuni taqdim etishi, kamida yana ikkita kompaniya Android tizimidan kechib, o‘z smartfonlariga uni o‘rnatishini yozgan edik. Ular qatorida Huawei Watch 3 smart-soati hamda uning Pro-versiyasi ham bor. Ammo...

O‘QING: HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

Rasmiy namoyishi oldidan Huawei Watch 3 aqlli soatining bir nechta «jonli» suratlari tarqala boshlagan. Bugun esa mazkur gadjetda HarmonyOS operatsion tizimining qanday ishlashini ko‘rsatuvchi rolik ham chiqdi.

Qisqagina lavhada smartvotch interfeysi, masshtabni qiziqarli tarzda o‘zgartirish usuli ko‘rsatilgan:

Xabarlarga ko‘ra, HarmonyOS operatsion tizimi chet ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei Watch 3 ikki xil versiyada chiqishi ma’lum bo‘lgan, standart talqini Bluetooth interfeysiga ega. Yanada ilg‘or Watch 3 Pro esa eSIM texnologiyasiga hamda to‘laqonli avtonom ishlash imkoniyatiga ega. Ularning har ikkalasi uyquni hamda yurak urishi chastotasini monitoring qila oladi. Shuningdek, gadjetlar qonning kislorod bilan to‘yinganligini aniqlash, EKGni ro‘yxatga olish funksiyalari bilan boyitilgan.

O‘QING: TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!