HarmonyOS tizimli gadjetlar namoyishini Huawei videotizerda e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  355
  •  25.05.2021 15:51

HarmonyOS tizimli gadjetlar namoyishini Huawei videotizerda e’lon qildi

Huawei kompaniyasi o‘zining HarmonyOS operatsion tizimini 2 iyun kuni taqdim etishi, kamida yana ikkita kompaniya Android tizimidan kechib, o‘z smartfonlariga uni o‘rnatishini yozgan edik. Xitoylik texnogigant mazkur dasturiy ta’minotining namoyish kunini rasmiy tizerda e’lon qildi.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Huawei korporatsiyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida hamda rasmiy YouTube-kanalida taqdimot kunini tasdiqladi.

Shunday qilib, 2 iyun kuni, mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanuvchi tadbir HarmonyOS operatsion tizimiga, shuningdek, qadoqdanoq ushbu tizim bilan chiqariluvchi yangi gadjetlarga bag‘ishlanmoqda.

O‘QING: HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘ramiz!

HarmonyOS operatsion tizimi bilan namoyish etiluvchi devayslar esa, mish-mishlarga qaraganda, kamida to‘rttadir. Ularning nomlari va xususiyatlari quyidagicha, deyishmoqda insayderlar:

  1. Huawei MatePad 2 plansheti: o‘rta toifali MediaTek protsessori, FHD formatli va 120 gers chastotali displey, to‘rtta Harman Kardon dinamigi, 40 vattlik tezkor quvvatlash, M-Pen stilusi bilan ishlash funksiyasi.
  2. Huawei MatePad Pro 2 plansheti: Kirin flagman chipseti, Samsung ishlanmasi bo‘lgan 2K AMOLED-ekran hamda 66 vattlik tezkor zaryadlash.
  3. Huawei Watch 3 smart-soati: dumaloq ekran, 46 millimetrlik korpus va eSIM funksiyasi.
  4. Huawei Watch 3 Pro smart-soati: dumaloq ekran, 46 millimetrlik korpus va eSIM funksiyasi.

Ikkita versiyadagi aqlli soat o‘rtasidagi farqlar hozircha aniq emas.

O‘QING: HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!