HarmonyOS, uchtalik kamera, 29 ta antenna, 8 ta dinamik va sig‘imdor akkumulyatorga ega MatePad Pro plansheti taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  476
  •  05.06.2021 09:29

HarmonyOS, uchtalik kamera, 29 ta antenna, 8 ta dinamik va sig‘imdor akkumulyatorga ega MatePad Pro plansheti taqdim etildi

Huawei kompaniyasi 2 iyun kuni HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydigan birinchi planshetini taqdim etdi. U Huawei MatePad Pro nomini olgan, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Huawei MatePad Pro 12,6 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u planshetning old panelini 90 foizini egallagan. Ekran hoshiyalarining eni 5,6 millimetrga teng bo‘lib, piksellari soni 2560x1600. Eng yuqori yorqinligi 400 kd/metr kvadrat. Ekran DCI P3 rangli makonning 100 foizini egallagan va TÜV-sertifikatiga ega.

Qurilma magniy-alyuminiyli qotishmadan iborat ingichka va yengil korpusga ega bo‘lgan. Huawei MatePad Pro’ning og‘irligi korpus qalinligi 6,7 millimetr bo‘lgan holda 609 grammni tashkil etadi. Qurilma 5 nanometrli Kirin 9000E bir kristalli tizimida yaratilgan bo‘lib, 22 yadroli Mali-G78 grafik protsessori va sun’iy intellekt dasturlari uchun alohida NPU protsessorga ega.

Huawei MatePad Pro’ga asosiy tasvir datchigi 13 megapiksell, 8 megapikselli keng burchak, shuningdek, chuqurlikni o‘lchashga qodir 3D-sensorga ega bozordagi ilk uchtalik kamera o‘rnatilgan.

Planshet Wi-Fi 6+ moduli bilan jihozlangan bo‘lib, u ma’lumotlarni soniyasiga 1,6 gigabit tezlikda yuklash imkonini beradi. Huawei MatePad Pro 29 ta antennadan iborat butun boshli guruhga ega bo‘lgan bo‘lib, ular korpus materiali inobatga olingan holda shunday joylashtirilganki, signal doim barqaror bo‘ladi, planshet bir antennadan boshqasiga tez o‘tadi.

Bundan tashqari, u yuqori balandlikda ham ovoz sifatini ta’minlay oladigan sakkizta dinamik bilan jihozlangan.

Planshetga o‘rnatilgan akkumulyatorning sig‘imi 10 050 mA/soatni tashkil etadi — bu tinimsiz video ko‘rilsa 14 soatga, veb-brauzerdan foydalanilsa 9 soatga va kutish rejimida 17 kunga yetadi. 40 vattli tezkor quvvatlanish va 27 vattli simsiz quvvatlanish funksiyalariga ega. To‘liq quvvatlantirish 2 soatu 10 daqiqani talab etadi.

HarmonyOS operatsion tizimidan foydalanish planshetni bir vaqtning o‘zida smartfon, «aqlli» soatlar va televizor bilan ishlashni qulaylashtiradi. Shuningdek, planshetdan kompyuter ekrani yoki ish makonini kengaytirishda foydalanish mumkin. Bunda MatePad Pro misol uchun grafik planshetga aylana oladi.

Huawei MatePad Pro narxi Yevropada 800 yevroni tashkil etadi.

O‘QING: Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, 2 iyunda chiqayotgan HarmonyOS tizimiga o‘tadi!