Hatto kuzatuv funksiyasi o‘chirilganda ham Windows 10 ayg‘oqchilik qiladi, ammo bunga chek qo‘yishning osongina yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  1169
  •  18.12.2018 18:39

Hatto kuzatuv funksiyasi o‘chirilganda ham Windows 10 ayg‘oqchilik qiladi, ammo bunga chek qo‘yishning osongina yo‘li topildi!

Microsoft kompaniyasi sizning Windows 10 tizimli kompyuteringizda amalga oshirilgan harakatlaringizni yozib boradi. Bu funksiyani o‘chirib qo‘yish mumkin, ammo yaqinda ma’lum bo‘lishicha, shundayam bu tizim bilganidan qolmas ekan!

O‘QING: Windows 10: sizni kuzatishlariga yo‘l qo‘ymang!

Buni o‘zingiz tekshirib ishonch hosil qilishingiz mumkin: tizim parametrlarini oching, «Maxfiylik» – «Konfidensialnost» bo‘limiga o‘ting va «Harakatlar jurnali» – «Jurnal deystviy» varaqasida barcha bandlardan belgicha («ptichka»)larni olib tashlang. Oradan bir necha kun o‘tgach, mana bu havola orqali Microsoft rasmiy saytidagi maxfiylik ma’lumotlari paneliga kirib ko‘ring. Qarasangiz – siz foydalangan ayrim dasturlar, fayllar va ko‘rilgan saytlar haqidagi ma’lumotlar haliyam u yerda aks etayotganini ko‘rasiz.

Maxfiylikni ta’minlash maqsadida mazkur ma’lumotlarni muntazam tarzda o‘zingiz o‘chirib borishingiz mumkin, lekin buning oson yo‘li ham topildi. Sizning faoliyatingiz ustidan Windows 10 kuzatuvini butkul cheklash uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish lozim:

  1. Mana bu – Disable_Activity_history.reg nomli reyestr faylini ko‘chirib oling va uni kompyuteringizdagi istalgan bir joyda saqlab qo‘ying.
  2. Shu faylning ustiga sichqoncha bilan chertib oching, ketma-ket ikkita ogohlantiruvchi yozuv chiqadi, har ikkalasida «Ha» – «Da»ni bosib tasdiqlang, keyin esa «OK» tugmachasini bosing.
  3. Barcha o‘zgarishlar reyestrga kiritilgach, ularni tasdiqlang, keyin esa Windows tizimidan chiqing. Windows’dan chiqish uchun Win+X tugmachalar kombinatsiyasini bosib, «Ishni yakunlash yoki tizimdan chiqish» – «Zaversheniye raboti ili vixod iz sistemi» bandini, keyin esa «Chiqish», ya’ni «Vixod»ni tanlasangiz ham bo‘ladi.

Keyingi gal tizimga kirganingizda, Microsoft endi sizning Windows 10’dagi harakatlaringiz ustidan kuzatuvni to‘xtatgan bo‘ladi.

Agarda keyinchalik biror sababga ko‘ra kuzatuvni yana yoqib qo‘yish zarurati tug‘ilsa, unda mana bu – Enable_Activity_history.reg faylini yuklab olasiz va xuddi yuqorida ko‘rsatilgan harakatlar orqali uni ishga tushirasiz. So‘ng tizimdan chiqib qaytadan kirsangiz, Windows kuzatuvi ishga tushadi.

O‘QING: Windows 10’ning avtomatik yangilanishini osongina o‘chirib, megabaytlar va resurslarni tejaymiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!