Hatto sartaroshlar ham onlayn ishlashga o‘tdi: veb-kamera orqali soch oldirasizmi?

  •   DiMaX
  •  1176
  •  09.04.2020 12:58

Hatto sartaroshlar ham onlayn ishlashga o‘tdi: veb-kamera orqali soch oldirasizmi?

Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda kishilar turli onlayn servislar orqali uylaridan ishlashmoqda. Ammo sartaroshning masofadan turib ishlashini tasavvur qila olasizmi?

O‘QING: Dunyodagi barcha virtual muzeylarga endi bitta saytdan kira olamiz!

Ha, ishonavering, You Probably Need A Haircut (ma’nosi: «Sochingizni tekislash kerak, shekilli») nomli onlayn sartaroshlik sayti ishga tushdi. Tag‘in usti talash – saytda navbatga yozilib, sochingizni olish vaqtini belgilatishingiz kerak bo‘ladi.

Masofadan turib qanaqasiga sochimni tekislab qo‘yishar ekan, deysizmi? Juda g‘alati: tajribali sartarosh siz bilan videomuloqotga kirishadi va uning ko‘rsatmalarini o‘zingiz bajarasiz. U esa sizga sochingizning qayeridan qancha kesish, qanaqa tarab, qaysi joyini qirtishlash kerakligini aytib turadi.

Barchasini o‘zingiz bajarishingizdan tashqari, onlayn soch oldirish uchun qaychi, taroq, ustara kabilar ham o‘zingizdan bo‘ladi. Buning ustiga mazkur xizmat bepul emas – narxlar 18 dollardan boshlanadi!

Loyiha mualliflarining ta’kidlashlariga ko‘ra, ular butun dunyodagi tan olingan sartaroshlar bilangina ishlashadi. Ko‘sh, onlayn sartarosh qabuliga yozilasizmi? Yoki undan ko‘ra...

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.