Hatto Windows XP foydalanuvchilari unikidan ko‘proq

Hatto Windows XP foydalanuvchilari unikidan ko‘proq

Redmondlik Microsoft kompaniyasi o‘tgan yili kutilmaganda o‘zining yangi avlod operatsion tizimi - Windows 11 ni chiqardi. Uni o‘rnatish uchun qo‘yilgan tizim talablari ham esa avvalgi Windows 10 talablariga qaraganda bir qancha yuqori edi va natijada dunyodagi millionlab kompyuterlar yangi avlod Windows operatsion tizimiga mos emasligi ma’lum bo‘ldi.

Lansweeper kompaniyasi tadqiqotlari Windows 11 ni qabul qilish darajasi haqida ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni oshkor qildi. Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilarning atigi 1,44 foizi Windows 11 ga o‘tishgan va bu 21 yil avval chiqarilgan Windows XP (1,71%) va 13 yil oldin chiqarilgan Windows 7 (4,70%) versiyalaridan ancha past bo‘lib, bularning ikkovi uchun ham allaqachon qo‘llab-quvvatlash tugatilgan. Windows 10 esa (80,34%) bugungi kunda uzoq vaqt davomida eng ommabop bo‘lib turibdi.

Windows 7 kabi eskirgan operatsion tizimlarni ishga tushirish kiberxavfsizlik uchun xavf tug‘diradi, chunki unda xatoliklar, xavfsizlik tuzatishlari yoki yangi funksiyalarning yo‘q. Bu esa har qanday foydalanuvchini kiberhujumlariga sezilarli darajada moyil qiladi.

O‘QING: Yangi Need for Speed qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

 
 
 
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!