Haydovchisiz mashinalar borasida Elon Mask haq bo‘lib chiqdi

Haydovchisiz mashinalar borasida Elon Mask haq bo‘lib chiqdi

"Sun’iy aql" texnologiyasi IT-ishlab chiqaruvchilari uchun tobora jozibador mavzuga aylanib bormoqda. Ayniqsa, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi mashinalar katta foyda olish mumkin bo‘lgan keyingi yirik sanoat ekani, uning kelajagi aynan "sun’iy aql" texnologiyasi bilan bog‘liqligi IT-kompaniyalarni bu sohaga qo‘rqmasdan sarmoya tikishga undamoqda. Hozircha biror bir aniq natija chiqqan emas.

Ekspertlar esa bu texnologiyaga bir necha 10 yillar borligini ta’kidlashmoqda. Ammo taniqli texnolog va tadbirkor Elon Mask 2021 yilga kelib shahar ko‘chalarida "smart-kar"larni ko‘rish oddiy holga aylanishini aytadi. Unga qarashli Tesla avtomobilsozlik kompaniyasi 2018 yildayoq bu turdagi mashinani taqdim qiladi. Hukumat esa bu yangilikni kamida 2021 yilda qabul qiladi.  

Tadqiqotlar "aqlli mashina"larning hayotimizda o‘rnini topishiga to‘sqinlik qilayotgan 3 omil borligini ko‘rsatmoqda.

Texnologiya

Texnologik to‘siqlarni oshib o‘tish bu 3 omil orasida eng qiyini. Yo‘q, bu ilmiy jihatdan emas. Uning marketingi oson kechmaydi. Boisi, yangi loyihani tatbiq qilishga ham ko‘p fursat ketadi. Ford va Toyota kabi avtomobil sanoati egalaridan g‘olib kelish uchun kichik, biroq dolzarb startaplarni ko‘paytirish kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda jahonda "sun’iy aql" texnologiyasi bilan ishlayotgan 100 dan oshiq yirik kompaniyalar mavjud. Misol uchun, Microsoft bu yo‘nalishda peshqadamlardan biri. Ford ayni paytda bor-budini haydovchisiz mashinalar yaratishga tikkan. Ford rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, tez orada tayyor mahsulot namoyish qilinadi. Toyota ham 2021 yilga qadar "aqlli mashina" ishlab chiqarishni boshlaydi.    

Huquqiy asos

AQSh qonunchiligida haydovchisiz mashinalarga oid qonunchilik kutilganidan ko‘ra tezroq takomillashmoqda. Hozircha hukumat tomonidan ishlab chiqaruvchilarga 100 mingtagacha haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarilishiga ruxsat berilishi mumkin.

Odamlar

Ruhshunoslarning fikricha, odamzod hali o‘z hayotini mashinalar qo‘liga ishonib topshirishga tayyor emas. Nufuzli Erie Insurance sug‘urta kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovda ishtirok etgan 3,000 nafar kishining aksariyat qismi haydovchisiz avtomobil g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi jamiyatining ma’lum qilishicha, avtomobil bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarida inson omili 94 foizni tashkil qiladi. Oksford universiteti professori Nik Bostromning fikricha, innovatsion avtomobillar kelajakda bu omillarni bartaraf qiladi va millionlab insonlarning hayotini saqlab qoladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!