Hech qanday Phone 1 Lite bo'lmaydi

Hech qanday Phone 1 Lite bo'lmaydi

O'tgan oyda Nothing o'zining ilk smartfonini taqdim qildi. Xo'sh, undan keyinchi? Xuddi boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilaridek, kompaniya yangi smartfon ustida ishlayotgani mish-mish qilindi. Uzunquloq xabarlarga ko'ra, Nothing hozirgi phone (1) ning orqa tomonida hech qanday LED chiziqli chiroqlari bo'lmagan "yengil" va byudjet versiyasi ustida ishlamoqda. 

Biroq, londonlik kompaniya rahbari, Karl Pey, bu gaplarni rad qildi. U Twitter'dagi ana shunday mish-mish xabarlarning biriga "Yolg'on xabarlar" deya izoh qoldirgan.

Karl bugungi kunda ma'lumotlar tarqalishining oldini olish qiyinligini biladi. Shu sabab ham u phone (1) taqdimotidan oldin smartfonni to'liq ko'rsatishga qaror qilgan edi. 

O'QING: Galaxy Z Fold 4 va Flip 4 jonli suratlarda