Hech qanday tirqishlarsiz, to'liq ekranli eng arzon smartfon

Hech qanday tirqishlarsiz, to'liq ekranli eng arzon smartfon

Old kamerasi ekran ostida joylashgan va eng yuqori darajadagi texnik xususiyatlarga ega Axon 40 Ultra smartfonini taqdim qilganidan keyin, ZTE bir qadam ortga tashlashga qaror qilgan ko'rinadi. Kompaniya o'zining navbatdagi to'liq ekranli smartfoni, Axon 30S'ni chiqardi.

Bir nechta kichik o'zgarishlarni hisobga olmasa, Axon 30S o'tgan yili chiqarilgan Axon 30'dan deyarli farq qilmaydi. Yangi smartfon o'zining avvalgisidan yangi dasturiy ta'minot, ba'zi kamera yaxshilanishlari va pasaytirilgan narxi bilan ajralib turadi.

ZTE Axon 30S smartfoni 6.92 dyuymli, 2460x1080 pikselli, 120 gerts yangilanish tezligigiga ega FHD+ AMOLED ekranga ega va uning ostida har bir dyuym ekran zichligini 400 pikselgacha oshiradigan texnologiyaga asoslangan 16 megapikselli selfi kamerasi va barmoq izini aniqlash skaneri joylashgan. Uning orqasida to'rtta: 64MP asosiy, 8MP ultra-keng, 5MP makro va 2MP chuqurlik kameralari mavjud.

Qurilma Qualcomm'ning Snapdragon 870 chipseti bilan jihozlangan bo'lib, u 8/12GB operativ va 128/256GB doimiy xotiraga ega va Android 12'ga asoslangan MyOS interfeysida ishlaydi. Uning 4,200 mA/s sig'imli batareyasi 55 Vt tezlikda quvvatlanadi. 

Axon 30S ikki xil xotira variantlarida - 8/128GB model 1,698 yuan (~$237), 12/256 model esa 2,198 yuan (~$307) narxda Xitoyda sotuvga chiqarilgan.

O'QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (38 hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!