Helio G80 va 64MP uchtalik kameraga ega vivo Y53s 4G smartfoni taqdim qilindi

Helio G80 va 64MP uchtalik kameraga ega vivo Y53s 4G smartfoni taqdim qilindi

vivo o‘tgan oy Y53s 5G smartfonini taqdim qilgan edi. Endi esa qurilmaning 4G varianti olam yuzini ko‘rdi.

O‘QING: vivo V21 (5G)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

GSMArena'ning qator manbalarga tayanib xabar berishicha, ikkala smartfon bir-biridan butunlay farq qiladi.

Avvalo, vivo Y53s 4G'ga Helio G80 SoC o‘rnatilgan bo‘lsa, 5G model Snapdragon 480 protsessori bilan jihozlangan. Bundan tashqari, selfi kameralarda ham farq bor: 4G versiya 16MP selfi kameraga ega bo‘lsa, o‘tgan oygi modelda bu 8MP. Y53s 5G'dagi 64MP asosiy va 2MP makro kameralarga yangi smartfonda endilikda 2MP sath kamerasi ham sherik qilingan.

Ekranning yangilanish chastotasi 90Hz dan 60Hz ga tushirilgan, biroq quvvatlanish tezligi 18 vattdan 33 vattga oshgan. Tizim borasida esa, smartfonlar Android 11 bazasidagi Funtouch OS 11.1 qobig‘ida ishlaydi.

Y53s 4G'ning boshqa jihatlari 5G modeldagi bilan bir xil: 6,58" FullHD+ LCD ekran, 8GB (+3GB virtual) tezkor xotira, 128GB doimiy xotira va 5,000 mAs akkumulyator. Yangi smartfonning yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri ekranni 0.24 soniyada qulfdan chiqarishi aytilmoqda.

vivo Y53s 4G smartfoni Blue Purple va Black Green ranglarda mavjud bo‘lib, Vetnamda 305 dollardan sotilishi kutilmoqda.

O‘QING: Vivo dunyodagi ilk «xameleon» smartfonning sirini ochdi («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!