Himoya tizimidagi «tuynuk» sababli Windows 10 hujumlarga chidamsizdir

  •   DiMaX
  •  1096
  •  22.11.2017 17:15

Himoya tizimidagi «tuynuk» sababli Windows 10 hujumlarga chidamsizdir

Windows 10 operatsion tizimi taqdimoti arafasida Microsoft kompaniyasi undagi  kuchli ForceASLR himoya tizimiga urg‘u bergan edi. Ammo kuni kecha mazkur tizimning bir «tirqish»i aniqlandi, deb yozadi Daily Digital Digest.

O‘QING: Rus xakerlari «Kasperskiy» yordamida AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga hujum qilishgan

ForceASLR himoya tizimining o‘zi ASLR texnologiyasini qo‘llaydi, u esa ma’lumotlar tarkibining manzil joylashuvini chalkashtirib tashlashga asoslanadi. Ammo muammo shundaki, mazkur tizim Microsoft e’lon qilgan xususiyatlarning yarmigagina ega.

Xabarga ko‘ra, mazkur xatolik hali Windows 8 davridanoq mavjud bo‘lgan, Windows 10 versiyasiga kelib ham ishlab chiquvchilar baribir uni bartaraf etishmagan.

Ushbu muammoning yechimi hozircha ma’lum emas, shuningdek, Microsoft ham hozircha bu borada biror izoh bermayapti, deyiladi xabarda.

O‘QING: Davlat test markazining sayti xakerlar hujumiga uchradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!