Hindiston aloqa kompaniyalari abonenti soni bir milliarddan oshdi

Hindiston aloqa kompaniyalari abonenti soni bir milliarddan oshdi

Hindiston telekommunikatsiyalarni boshqaruv agentligi xabar berishiga ko‘ra, mamlakatdagi aloqa operatorlarining abonentlari soni 1 milliard 30 million nafarga yetgan. Shunday qilib milliarddan ortiq abonentlari bilan Hindiston jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Xitoy 2012 yilning boshida bu ko‘rsatkichga erishgan edi. Hozir Xitoyda 1,3 mlrd mobil aloqa foydalanuvchisi bor.

Eslatib o‘tish kerakki, yetti yil muqaddam Hindistonda 200 mln abonent bo‘lib, AQSh abonentlari soni bilan barobar edi. Hozir AQShda 400 mlndan ozroq abonent bor.

Hindistonda mijozlar soni shiddat bilan ortishining asosiy sababi kuchli raqobatdir. Mamlakatdagi 11 aloqa operatoridan 7tasining abonentlari soni 50 mlndan ortadi. Keskin raqobat tufayli aloqa narxi keskin pastlaydi.

Hindiston mobil qurilmalar ham ishlab chiqaradi. Xiaomi, Gionee va OPPO hindlar yurtida ko‘pdan beri faoliyat yuritadi. Micromax hind kompaniyasi esa smartfonlar ishlab chiqarmoqda. Hind flagmani Yutopia namoyish etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi.