Hindiston Xitoyning yana 54 ta ilovasini blokladi

Hindiston Xitoyning yana 54 ta ilovasini blokladi

Hindiston Elektronika va AT vazirligi xavfsizlik nuqtai nazaridan Xitoy kompaniyalariga tegishli 50 dan ortiq ilovalardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.

Ma’lum bo‘lishicha, taqiqlangan ilovalar 2020-yilda bloklanganlarining klonlangan versiya yoki shunga o‘xshash funsionallik, maxfiylik muammolari va xavfsizlik tahdidlariga ega bo‘lgan. 

"Ushbu real vaqtda to‘plangan ma’lumotlar noto‘g‘ri ishlatilmoqda va dushman mamlakatda joylashgan serverlarga uzatilmoqda. Bu ularga Hindiston suvereniteti va yaxlitligiga dushman bo‘lgan va milliy xavfsizlikka zarar etkazuvchi faoliyatni amalga oshiradigan elementlar tomonidan qazib olish, to‘plash, tahlil qilish va profillash uchun katta shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi." deyiladi IT vazirligi bayonotida. 

Taqiqlangan ilovalar orasida App Lock, Rise of Kingdoms va Garena Free Fire kabi mashhur ilovalar ham bor.

Shuni aytib o‘tish joizki, 2020 yilda TikTok, Shareit, UC Browser, Likee, AliExpress, PUBG va 200 dan ortiq boshqa ilovalar ham Hindistonda taqiqlangan edi. 

O‘QING: Call of Duty: Warzone 2 va Modern Warfare (2019) ning davomi rasman shu yili chiqariladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!